Siyosat

Fargʻona shahri va Bagʻdod tumaniga yangi hokim tayinlandi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumani va Fargʻona shahri hokimlari oʻzgardi.
TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. 24 yanvar kuni Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Fargʻona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yigʻilishda Vosiljon Nazarov nomzodi Fargʻona shahar hokimi lavozimiga maʼqullandi.
Vosiljon Nazarov 1984 yil Buvayda tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2006 yildan moliya tizimida mehnat qilib kelgan, 2019−2021 yillarda viloyat moliya bosh boshqarmasi boshligʻi sifatida ishlagan. 2021 yildan buyon esa Bagʻdod tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Yunusobod tumani hokimi oʻzgardi
Shu kuni xalq deputatlari Bagʻdod tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yusufjon Husainovning nomzodi Bagʻdod tumani hokimligiga tavsiya etildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Yusufjon Husainov nomzodi Bagʻdod tuman kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi va u tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Husainov 1983 yilda Toshloq tumanida tugʻilgan. 2004 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005 yildan iqtisodiyot tizimida mehnat qilib keladi. 2020 yildan buyon viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Yangiliklar lentasi
0