Qaysi hududlarda elektr ta’minoti to‘liq tiklandi

Lampochka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2022
Obuna bo‘lish
Hududlarda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berildi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Energetika vazirligi hududlarda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi (soat 19:30 holatiga).
1. Qorakalpog‘iston Respublikasi — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;
2. Andijon viloyati — Andijon shahar 35%, Xonabod 100%, mavjud, asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;
3. Buxoro viloyati — Olot, Qorako‘l, Qorovulbozor va Peshku tumanlarida to‘liq, Vobkent tumanida 20%, Romitan tumanida esa 40 % elektr ta’minoti tiklandi;
4. Jizzax viloyati — hozircha viloyatning 10–15 foizi elektr ta’minoti bilan ta’minlandi;
5. Qashqadaryo viloyati — to‘liq elektr ta’minotidan uzilgan, tiklash-sozlash ishlari olib borilmoqda;
6. Navoiy viloyati — Navoiy shahrida 60%, Karmana tumanida 55%, Navbahor tumanida 40%, Konimex tumanida 35% va Nurota tumanida 70% iste’molchilarda elektr ta’minoti tiklandi;
7. Namangan viloyati — hozircha qisman tibbiyot muassasalari hamda suv ta’minoti korxonalari elektr ta’minotiga ulangan;
8. Samarqand viloyati — Samarqand shahrida 45%, Samarkand tumani 15%, Paxtachi tumanida 100%, Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahri 8%, Narpay va Pastdarg‘om tumani 30% elektr ta’minoti mavjud;
9. Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100% elektr ta’minoti mavjud. Oltinsoyda 70% iste’molchilar tarmoqqa ulandi;
10. Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 60%, Yangiyer 60%, Shirin shahri 100%, Boyovut 30%, Sayxunobod tumani 20%, Guliston tumani 20%, Mirzaobod tumani 10%, Xovos tumani 50% elektr tarmog‘iga ulandi;
11. Toshkent viloyati — Olmaliq shahar 70%, Angren shahar 50%, Chirchiq 70%, Ohangaron shahar 100 %, Bo‘ka tumani 40 %, Bo‘stonlik 90%, Qibray 70%, Ohangaron tumani 80%, Parkent 100%, Toshkent tum ani 60%, Yuqori Chirchiq tumani 60% iste’molchilar tarmoqqa ulandi;
12. Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahri 50%, Qo‘qon shahri 5%, Uchko‘prik tumani 40%, O‘zbekiston tumani 20%, Farg‘ona tumani 10%, Dang‘ara tumani 40%, So‘h tumani 100%, qolgan hududlarda asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;
13. Xorazm viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;
14. Toshkent shahri — Mirzo Ulug‘bek 100%, Yunusobod 50%, Shayxontohur 10%, Olmazor 20%, Yakkasaroy 10%, Yashnobod 50%, Mirobod 40% va Sirg‘ali tumanida 10% iste’molchilar tarmoqqa ulandi.
Yangiliklar lentasi
0