Jamiyat

Toshkent 6 soat ichida toʻliq suv bilan taʼminlanadi – vazirlik

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka oʻtishSezonnoye otklyucheniye vodы
Sezonnoye otklyucheniye vodы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkent 6 soat ichida toʻliq suv bilan taʼminlanadi - Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi matbuot xizmati.
TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. "Qodiriya" bosh suv inshooti oʻz faoliyatini qayta boshladi. 5-6 soat oraligʻida quvurlar toʻlib boʻlgach, odatiy ish rejimiga tushadi, deb xabar qildi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi.
Boʻzsuv inshootidan Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor tumanlariga va Chilonzor tumanining bir qismiga 3 soat ichida suv berish toʻliq tiklanadi.
Surxondaryo viloyatining Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida ichimlik suvi taʼminoti toʻliq ishga tushdi.
Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren, Chirchiq, Ohangaron shaharlari hamda Yuqori Chirchiq, Parkent, Boʻstonliq tumanlarida ichimlik suv taʼminoti toʻliq ishga tushdi.
Sirdaryo viloyatidagi yirik Beshbuloq va Shimoliy suv inshootlari elektr taʼminoti bilan taʼminlandi va ishga tushirildi.
Shuningdek, vazirlik aholiga ogohlantirish bilan chiqdi:
Xonadon va binolardagi issiqlik tizimi va suv qurilmalariga eʼtiborli boʻling;
Tizim ishga tushirilmoqda, ochiq qolgan joʻmraklardan suv oqishining oldini oling;
Joʻmraklarni yana bir bor koʻzdan kechiring.
Yangiliklar lentasi
0