Jamiyat

Gaz quyish shoxobchalari faoliyati vaqtincha cheklanadi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka oʻtishPunkt pereoborudovaniya avtotransporta na gazomotornoye toplivo
Punkt pereoborudovaniya avtotransporta na gazomotornoye toplivo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlmagan yuridik isteʼmolchilarga ham tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Bugun, 26 yanvardan, Oʻzbekistonda gaz toʻldirish shoxobchalari faoliyatiga cheklovlar oʻrnatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot kotibi Elmira Bekmurodova AOKAdagi brifingda maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, bugun soat 09:30 holatiga koʻra, respublikada elektr energiyasi taʼminoti 70% ga tiklangan. Elektr tizimidagi nosozliklar sababli gaz ishlab chiqarish hajmi kamaydi.
Isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash maqsadida, ishlab chiqarilayotgan tabiiy gaz toʻliq hajmda issiqlik elektr stantsiyalari, ijtimoiy soha obʼyektlari va aholi isteʼmolchilariga yoʻnaltiriladi.
Ayrim hududlarda gazda uzilishlar kuzatilmoqda
“Shu munosabat bilan, bugundan boshlab avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stantsiyalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritiladi. Shu bilan birgalikda, boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlmagan yuridik isteʼmolchilarga ham tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi”, - dedi u.
Yangiliklar lentasi
0