Har bir sayyoh ko‘rishi kerak bo‘lgan O‘zbekistonning 10ta eng yaxshi manzili

© SputnikTuristi v Uzbekistane
Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2022
Obuna bo‘lish
So‘nggi yillarda O‘zbekiston tobora ko‘proq xorijlik sayyohlarni jalb qilmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston tobora ko‘proq xorijlik sayyohlarni jalb qilmoqda.
Bu tendensiyani qo‘llab-quvvatlagan holda jahon OAVlari ham o‘z mushtariylariga O‘zbekistonning eng go‘zal manzillari haqida ko‘proq so‘zlab bermoqda.
Yaqinda “Novastan” nashri “O‘zbekiston: sayohatchilar uchun 10 ta noma’lum manzillar” nomli maqola e’lon qildi. Maqola mualliflar respublikada sayyohlar birinchi navbatda tashrif buyuradigan qadimiy Samarqand, Buxoro va Xivadan tashqari o‘ziga xos maskanu manzillar borligini ta’kidlab o‘tgan.
“Respublikaning betakror tabiati va zamonaviy madaniyati butun dunyo sayohatchilarining e’tiborini tortib kelmoqda. O‘zbekistonning ayrim landshaftlari Shveysariyaga eslatadi”, deb yozadi gazeta.
Mualliflar Jizzax viloyatida joylashgan Zomin milliy bog‘i ekoturizmni sevuvchilarni befarq qoldirmasligini ta’kidlab o‘tgan.
“Zomin milliy bog‘i o‘simlik dunyosi alohida e’tiborga loyiq. Shuning uchun ushbu bog‘ O‘zbekiston Shveysariyasi nomini olgan”, - deyiladi maqolada.
Qo‘riqxona hududida 700 ga yaqin noyob o‘simlik turlari o‘sadi. Ulardan uchtasi Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil kitobiga kiritilgan.

Qo‘riqxonaning hayvonot dunyosi ham turli xil. Dengiz sathidan 2000 metr balandlikda “Zomin bog‘i” nomli sog‘lomlashtirish va dam olish markazi joylashgan. Markazda bolalar va kattalarda uchraydigan nafas olish va nerv tizimi kasalliklari profilaktikasi va klimoterapiyasini davolash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan”-deyiladi maqolada.

Shuningdek, gazeta mushtariylariga Qoraqalpog‘istonning asosiy diqqatga sazovor joyi- Saviskiy nomidagi Nukus davlat san’at muzeyiga tashrif buyurishni tavsiya qilgan. Muzeyda XX asr birinchi yarmiga tegishli rus zamonaviy san’atining eng yirik kolleksiyasi joylashgan.
Maqola mualliflari bu joyni “Sahrodagi Luvr” deb atagan.
“Muzey kolleksiyasida 100 mingta noyob asarlar mavjud. Bu yerda Rossiya avangard san’atining ikkinchi eng yirik kolleksiyasi saqlanadi. 2001-yilda Britaniyaning “Guardian” gazetasi ushbu muzeyni “dunyodagi eng go‘zal muzeylardan biri” deb atagan edi”, - deb yozadi gazeta.
Maqola mualliflari sayohatni sevuvchilarga O‘zbekistonning yana quyidagi manzillariga tashrif buyurishni tavsiya qilgan:
Amir Temur vatani - Shahrisabz;
Shahrisabzdan 35 kilometr uzoqlikda, Oqsuv darosida joylashgan Hisorak suv ombori;
Chuqur g‘or va kanyonlarga ega Hisor tog‘-archa milliy bog‘i;
Baland tog‘li Gilon va Ko‘l qishloqlari va Hazrati Sulton muqaddas tog‘i;
Aydarko‘l ko‘li — Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi yirik sun’iy suv ombori;
Sarmishsoy tabiiy chegarasidagi tosh davri petrogliflari;
Sof ipakdan tayyorlangan mahsulotlarni xarid qilish uchun Marg‘ilon shahri;
Markaziy Osiyodagi eng qadimiy shaharlardan biri Qo‘qon;
Qarshi shahri va 1583-yilda forscha uslubda qurilgan Qarshi ko‘prigi;
Baland tog‘larda joylashgan Maydanak rasadxonasi;
Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Darband qishlog‘i hududida joylashgan mashhur “Temir darvozalar” tog‘ dovoni.
Avvalroq O‘zbekiston “The Independent” talqiniga ko‘ra 2022-yil turizm bo‘yicha eng yaxshi mamlakatlar o‘ntaligiga kiritilgan edi.
2021 yil oxirida “The Times”gazetasi O‘zbekistonni“dam olish uchun eng ajoyib joylardan biri” deb atadi.
“Country and Town” nashri, o‘z navbatida, respublikada chang‘i sporti bilan shug‘ullanish haqida maqola chop etdi. Maqolada keltirilishicha, “Amirsoy” kurortining “Sochidan ham ajoyib maskanga aylanishi” uchun barcha imkoniyatlari bor.
2021 yil noyabr oyi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 1 milliondan ortiq kishi tashrif buyurgan va ularning yarmi sayyohlardir. Aksariyati - rossiyaliklar.
Central Asia Travel kompaniyasi ijrochi direktori Nikolay Serbin Sputnikga bergan intervyusida Rossiya fuqarolarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishlari sabablari haqida so‘zlab bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0