Qozog‘istonda mojaro bo‘ldi, ammo Toqayev va Nazarboyev o‘rtasida emas - siyosatshunos

© Sputnik / Mediabankka o‘tishKasim-Jomart Tokayev (sprava) i Nursultan Nazarbayev
Kasim-Jomart Tokayev (sprava) i Nursultan Nazarbayev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2022
Obuna bo‘lish
Ekspertlar Qozog‘istonda yanvar oyi boshidagi tartibsizliklarga nimalar sabab bo‘lganini ta’lil qilishmoqda. Xulosalar esa turlicha. Tafsilotlar - materialimizda.
Qozog‘istonda haqiqatdan ham elitalar o‘rtasida mojaro bor edi, lekin sobiq prezident Nursulton Nazarboyev va amaldagi yetakchi Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasida emas.
Bu haqda Sputnik Qozog‘iston siyosatshunos Doniyor Ashimbayevning intervyusiga tayanib ma’lum qildi.
“Toqayevning “tranzit prezident” ekanligiga ko‘pchilikning ishonchi komil edi. Ammo unga “Nur Otan” partiyasi raisligining berilishi bunday emasligini ko‘rsatdi. Chunki bu lavozim unga Majlis ustidan ham, hukumat ustidan ham rahbarlik qilish vakolatini beradi. Muhimi, bu Toqayevning 2024-yilgi prezident saylovlarida ishtirok etishini anglatadi”, — deydi ekspert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida Tokayevning g‘alaba qozonmasligini istaydigan shaxslar bor.
“Nazarboyevning esa bunday variantni ko‘rib chiqmayotgani va o‘z qaroriga amal qilishda davom etgani ma’lum bo‘lgach, bu norozilik to‘lqinini keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, elitalar o‘rtasida ziddiyat bor edi, biroq hozir tasavvur qilishga urinishayotganidek, bunday ziddiyat Nazarboyev va Toqayev o‘rtasida bo‘lmagan”, — deydi Ashimbayev.
Siyosatshunosning fikrlariga ko‘ra, Nazarboyevning yaqinlaridan tashqari, o‘z siyosiy kelajagini ta’minlashdan manfaatdor boshqa shaxslar ham bor.
Masalan, Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari, hozirda davlatga xiyonat va davlat to‘ntarishiga urinishda gumon qilinayotgan Karim Masimov.
Ashimbayevning ta’kidlashicha, Toqayev banditlarni mag‘lub etgan, biroq ba’zilar buni Toqayevning Nazarboyev ustidan qozongan g‘alabasi sifatida ko‘rsatishga harakat qilmoqda.
“Ammo bu g‘alaba Nazarboyevning ham g‘alabasi. Chunki aynan uning vorisi va kursiga hech narsa qilmadi. Uning vorisi esa o‘zini mamlakatni olg‘a yetaklay oladigan kuchli lider sifatida ko‘rsatdi - ya’ni aynan Nazarboyevni qiziqtirgan ishni qildi. Shunday ekan, bu Nazarboyev tanlovining g‘alabasidir”, deya xulosa qiladi siyosatshunos.

Nazarboyevning qozog‘istonliklarga murojaati

Sobiq prezident bo‘lib o‘tgan fojea butun respublika uchun saboq bo‘lganini ta’kidladi.
Bu haqda Nazarboyev o‘tgan hafta Qozog‘iston xalqiga murojaati chog‘ida ma’lum qildi.
"2019 yilda men prezidentlik vakolatlarimni Qosim-Jomart Toqayevga topshirganman va shundan beri nafaqadaman. Ayni paytda Qozog‘iston poytaxtidaman va hech qayerga ketganim yo‘q", - dedi sobiq prezident.
Sobiq rahbar Qasim-Jomart Toqayevning “barcha hokimiyatga ega”ligi, Xavfsizlik kengashiga rahbarlik qilishi va tez orada “Nur Otan” partiyasining raisi etib saylanishini ta’kidlab o‘tdi.
“Mamlakat elitasida hech qanday ziddiyat yoki qarama-qarshilik yo‘q. Bu boradagi mish-mishlar mutlaqo asossiz”, - deydi Nazarboyev.
Sobiq prezidentning ta’kidlashicha, mamlakat albatta inqirozdan o‘tadi va yanada kuchli mamlakatga aylanadi.

Qozog‘istondagi tartibsizliklar

Qozog‘istonda ommaviy tartibsizliklar 2022-yilning birinchi kunlarida boshlandi – mamlakat g‘arbidagi Janao‘zen va Aqtau shaharlari aholisi suyultirilgan gaz narxining ikki barobar oshirilishiga qarshi namoyish qildi.
Keyinchalik norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga, jumladan, Olmaotaga ham tarqaldi: u yerda talon-taroj ishlari boshlandi, jangarilar davlat muassasalariga hujum qildi, qurollarni tortib oldi.
Bunga javoban rasmiylar 19-yanvarga qadar butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat joriy etdi va aksilterror operatsiya boshladi.
Mamlakat Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar natijasida 4578 kishi jarohatlangan, 225 kishi halok bo‘lgan, ulardan 19 nafari xavfsizlik xizmati xodimlari bo‘lgan.
Prezident Toqayev hukumatni iste’foga chiqardi, Xavfsizlik Kengashiga rahbar etib saylandi va “terror tahdidini bartaraf etishda” KXShTdan yordam so‘raganini e’lon qildi.
KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi mamlakatdagi vaziyatni normallashtirish uchun Qozog‘istonga kollektiv tinchlikparvar kuchlarini yuborishga qaror qildi.
KXShT missiyasining muvaffaqiyatli yakunlangani haqida 13-yanvar kuni e’lon qilindi. Chorshanba kuni Qozog‘iston Mudofaa vazirligi respublikada xorijlik harbiy xizmatchilar qolmaganini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0