Umra ziyorati uchun parvozlar har kuni amalga oshiriladi

© Din ishlari qo‘mitasiUmra 2017 bahor mavsumi
Umra 2017 bahor mavsumi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2022
Obuna bo‘lish
Ramazon oyida Saudiya Arabistoniga har kuni uchtadan parvozlar amalga oshiriladi.
TOShKENT, 26 yanv - Sputnik. Fevral oyidan boshlab Toshkentdan Saudiya Arabistonining Jidda shahriga parvozlar soni oshadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi.

Umra ziyorati uchun 2022-yil 1-fevraldan Saudiya Arabistoniga har kuni bittadan reys, 10-fevraldan esa har kuni 2 ta reys va Ramazon oyi davomida har kuni 3 tadan reys amalga oshiriladi, - deyilgan xabarda.

Bu haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov “O‘zbekiston 24” telekanaliga berilgan intervyusida ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni mamlakatga ziyorat uchun kelayotgan musulmonlar sonini cheklash va nazorat qilish maqsadida har bir davlat uchun kvotalar joriy etgan. 2018-yilga qadar O‘zbekiston fuqarolari ham umra safariga kvota asosida borib kelar edi. 2018-yilning 25-oktabridan buyon O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu kvotalar bekor qilindi.
2020 yilda umumjahon pandemiyasi boshlanganidan so‘ng Saudiya Arabistoni xorijiy fuqarolar uchun haj safarini qat’iy cheklab qo‘ygan edi. 2021-yilda haj safariga borish uchun butun dunyo bo‘ylab atigi 60 ming kvota berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0