Jamiyat

Markaziy Osiyodagi “blekaut”ga Oʻzbekistondagi IESdagi qisqa tutashuv sabab boʻldi - KEGOC

© © SputnikLampochka, arxivnoye foto
Lampochka, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Markaziy Osiyodagi “blekaut”ga Oʻzbekistondagi qisqa tutashuv va Sirdaryo issiqliq elektr stantsiyasidagi energiya bloklarining oʻchirilishi sabab boʻldi – Qozogʻistonning KEGOC energetik kompaniyasi.
TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Qozogʻistonning KEGOC elektr tarmoqlarini boshqaruvchi kompaniyasi blekautga Oʻzbekistonda yuz bergan hodisa sabab boʻlganini maʼlum qildi. Sputnik Qozogʻiston xabariga asosan.
Kompaniyaning xabariga koʻra, 2022 yil 25 yanvar kuni soat 11:59 da qisqa tutashuv tufayli Sirdaryo IESdagi 6ta energoblok birdaniga oʻchirildi. Umumiy elektr energiyasining ishlab chiqarilishidagi yoʻqotilishi 1500 MVt dan oshdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning energetika tizimlari toʻliq ishdan chiqib, barcha elektr stantsiyalari va isteʼmolchilar taʼminoti toʻxtatildi. Oʻzbekiston energetika tizimida uzilgan yuklanish taxminan 9600 MVt (isteʼmolning 100 %), Qirgʻizistonda 2600 MVt (100 %)ni tashkil etdi.
Qayta tiklash doirasida Qozogʻiston yagona energetika tizimi Qirgʻiziston va Oʻzbekiston energetika tizimlariga ushbu mamlakatlar elektr stantsiyalarini kuchlanish bilan taʼminlash orqali yordam koʻrsatdi, bu esa tiklash ishlarini boshlash imkonini berdi. Qirgʻiziston energetika tizimining normal rejimga qaytishi taxminan bir kun davom etdi.
Isteʼmolchilarning toʻliq elektr energiya taʼminotidan uzilishini oldini olish maqsadida respublikaning janubiy viloyatlarini maqsadida avtomatik uskunasi ishlashi Olmaota, Jambil, Turkiston va Qiziloʻrda viloyatlarini alohida ishga oʻtkazildi.
Qozogʻistonning janubiy viloyatlaridagi barcha elektr stantsiyalari oʻz ishini saqlab qoldi, isteʼmolchilarni elektr va issiqlik energiyasi bilan taʼminlashda davom etdi.
KEGOC “mayning bilan shugʻullanuvchi isteʼmolchilarning faoliyati elektr energiya uzilishiga sabab boʻlishi mumkin”, degan taxminni rad etdi.
KEGOC - Qozogʻistonning elektr tarmoqlarini boshqaruvchi kompaniyasi hisoblanadi.

Hukumat komissiyasi

Elektr energiyasi taʼminotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha bosh vazir huzurida hukumat komissiyasi tuzildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli topshiriqni berdi.
Komissiya tomonidan birinchi navbatda generatsiya jarayonini tiklash hamda yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlariga kuchlanish berish orqali isteʼmolchilarning elektr taʼminotini tiklash vazifasi qoʻyildi.
Hukumat komissiyasi soha vakillariga sodir boʻlgan nosozliklar takrorlanmasligi, sabablarini aniqlash, elektr taʼminotining barqarorligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda zudlik bilan amalga oshirish yuzasidan qator vazifalar yukladi.

Markaziy Osiyodagi blekaut

25 yanvar kuni soat 11:00 larda Oʻzbekistonning qator hududlarida elektr energiyasi taʼminoti uzildi.
Energetika vazirligi Qozogʻiston elektr tarmogʻida katta avariya boʻlishi oqibatida Olmaota, Chimkent, Taras, Turkiston va atrof hududlarida elektr energiyasi taʼminotida oʻchishlar yuzaga kelganini maʼlum qildi.
27 yanvar kuni soat 16:00da Oʻzbekistonning barcha hududlarida elektr energiyasi taʼminoti toʻliq tiklandi.
Yangiliklar lentasi
0