Hodisalar

Toshkent viloyatida chamadon ichidan ayol kishi murdasi topildi

© Sputnik / Stas EtveshSkoraya pomoщ, arxivnoye foto
Skoraya pomoщ, arxivnoye foto  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ohangaron tumanida chamadon ichidan ayol kishini murdasi topilganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Toshkent viloyatida chamadon ichidan ayol kishini murdasi topildi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
27 yanvar kuni soat taxminan 21:30larda Ohangaron tumani, “Gulobod” mahallasidan Parkent tumani, “Qiziltogʻ” qoʻrgʻoniga olib boruvchi yoʻlning chap tarafi yoʻl sathidan 3 metr pastlikda, qizil rangli chamadon ichidan yoshi taxminan 30 – 35 larda boʻlgan, osiyo millatiga mansub ayol kishi murdasi qotillik alomatlari bilan topildi.
Holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Murdaning shaxsiga aniqlik kiritildi. Toshkent viloyati prokuraturasi dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0