Iqtisod

Markaziy Osiyo “energohalqasi” nima uchun kerak?

© Sputnik / Ilya Naymushin / Fotobankka oʻtishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Markaziy Osiyo yagona energetika tizimi qanday tashkil topgan, nimaga “energohalqa” deb ataladi va u nima uchun kerak? Energetika vazirligi hikoyasi.
TOSHKENT, 29 yanv – Sputnik. Markaziy Osiyo “energohalqasi” – aslida “Markaziy Osiyo va Qozogʻiston janubining yagona energiya tizimi” deyiladi. Energetika vazirligi xabariga asosan.

Energetik halqa nima oʻzi?

Bir necha energetika tizimlarining oʻzaro paralel birlashgan ravishda, yaʼni oʻzaro hamkorlikda ishlashi energetik halqa deyiladi. Bunday tizimda ishlash barcha ishtirokchilar uchun elektr taʼminoti ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi.
“Halqa”ning biron bir boʻgʻini oʻchib qolsa, boshqa boʻgʻimlar gʻisobidan uning barqarorligi saqlab qolinadi, elektr taʼminoti keskin uzilishi yoki quvvati kamayib ketishining oldi olinadi.
Yoki aksincha, agar energiya tizimining qismlarini bogʻlaydigan yirik tarmoq oʻchirilgan boʻlsa, ularning parallel ishlashi buzilishi ham mumkin. Bunday vaziyatda elektr ishlab chiqaruvchi birinchi manbalar — elektr stantsiyalarning barqarorligi saqlab qolinadi.

Tashkil topishi

Bunday energetika tizimi faqat Markaziy Osiyoda emas, dunyo mamlakatlaridayam koʻpgina. Ilgari Sovet Ittifoqida bir nechta bunday tizimlar mavjud edi va ularning har birining oʻz birlashgan energetik dispetcherlik markazlari bor edi. Sobiq Ittifoqning Markaziy dispetcherlik idorasi (MDI — TSDU) Moskvada joylashgandi.
“Oʻrta Osiyo va Janubiy Qozogʻiston Birlashgan yagona energiya tizimi” - 1960 yilda qurila boshlagan va 1970 yillarga kelib bugungi yaxlit konfiguratsiyasi hosil boʻlgan: 4ta respublika (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston) hududidan oʻtuvchi 500 kV kuchlanishli liniyalar bitta halqani tashkil qilgan.
MO energohalqasi Moskvadan boshqarilmagan va alohida ishlagan. Uning dispetcherlik markazi Toshkent shahrida joylashgan boʻlgan. Energohalqa - 30% gidroelektr stantsiyalar va 70% issiqlik elektr stantsiyalaridan tashkil topgan boʻlib, dispetcherlik markazi ekspluatatsiya, chastota va quvvatni tartibga solish, melioratsiya va energetika masalalarini majmuali hal qilib kelgan.

Yangi tarix

Aytish joizki, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin energiya va yoqilgʻi taʼminotida barcha oʻz-oʻzini muvozanatlash, barqarorlashtirishga intildi. Gidroenergetika salohiyati yuqori boʻlgan davlatlar oʻz ehtiyojini qoplash uchun qishda ham suv omborlari sathini kamaytirib bordi. Bu mintaqada melioratsiya tartib-taomilini izdan chiqarib, koʻpgina ekologik muammolarga duch qildi.
Nihoyat, 1991 yil 19 noyabrda Ashxobodda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasining energetika tizimlarining parallel ishlashi toʻgʻrisidagi bitim imzolandi. Albatta, bu energetika sohasi rahbarlarining toʻgʻri qarori boʻlib, Mintaqadagi energetika tizimlarining hech biri mustaqil ravishda oʻz isteʼmolchilarini toʻliq ishonchli energiya taʼminoti bilan taʼminlay olmasligini tushungan holda amalga oshirildi.
Shunday qilib, “Markaziy energiya tizimlarini yagona dispetcherlik nazorati” tashkiloti taʼsis etildi va moliyalashtirish manbalari aniqlandi. Bir soʻz bilan aytganda, “mintaqa dispetcheri” saqlab qolindi.
Markaziy Osiyo elektr tarmoqlari parallel ishini boshqarish va muvofiqlashtirish boʻyicha boshqaruv organi — Markaziy Osiyo Yagona energetika tizimi Kengashi (Markaziy Osiyo YAET Kengashi), Unga energiya tizimlarining birinchi rahbarlari kiritilgan boʻlib, yilning chorakliklarida poytaxt shaharlarda navbatma-navbat yigʻilib, masalalar jamoaviy tarzda muhokama etishga kelishib olindi.

Faqat 3ta respublika

Aytish jozizki, bugungi kunga kelib energohalqa tizimida faqat 3ta respublika qolgan: Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston.
Turkmaniston – ushbu tizimga boshidan aʼzo bщlmagan. Oʻzbekiston Turkmaniston bilan “orol” deb ataluvchi sxemalar boʻyicha hamkorlik qilgan, yaʼni alohida tarmoqlar orqali. 2003 yilda oʻz tashabbusi “Energohalqadan” chiqib Eronga elektr energiyasi yetkazib bera boshladi.
Tojikiston bir vaqtlar parallel ishlash shartlarini takroran buzganligi sababli “halqa” tarmogʻidan ajratilgan edi. Bu Markaziy Osiyo va Janubiy Qozogʻiston tizimining boshqa ishtirokchilari qabul qilgan qoʻshma qarori boʻlgandi. Hozir qayta qoʻshilish boʻyicha elektr-montaj ishlari olib borilmoqda.
Darvoqe, Tojikiston energetika tizimi oʻtgan yillar davomida chastotani mustaqil ravishda tartibga solib kelgan, bunga gidroelektr stantsiyalarida mavjud boʻlgan katta suv zaxiralari yordam berdi. Elektr energiyasining muhim koʻrsatkichlarini doimiy ravishda sozlash murakkab texnik-muhandislik ishi boʻlib, bu muammoni issiqlik stantsiyalari (Qozogʻiston va Oʻzbekistonda boʻlgani kabi) yoki kichik quvvatli gidroelektr stantsiyalarining zaxiralari bilan (soʻnggi yillarda Qirgʻizistonda boʻlgani kabi) hal qilish amalda mumkin emas.
Shuning uchun ham ushbu energiya tizimlarining yagona “Markaziy Osiyo halqasi”da birgalikda ishlashi Markaziy Osiyo energetika tizimlarining ishonchli parallel ishlashini taʼminlash, nafaqat ular oʻrtasidagi, balki “uzoq qoʻshni” davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb zarurati hisoblanadi.
Maʼlumot uchun, 25 yanvar kuni Markaziy Osiyo energetik halqasida katta avariya sodir boʻlgan edi. Unda bir necha daqiqa ichida Qozogʻiston janubi, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning aksariyat shaharlari elektr taʼminotisiz qoldi. Toshkentda metro toʻxtatildi. Tizimni toʻliq qayta tiklash uchun deyarli 3 kun kerak boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0