Siyosat

Mirziyoyev shu hafta Xitoyga boradi

© REUTERS / Fabrizio BenschOlimpiyskaya bashnya v Pekine vozle Glavnogo press-tsentra v preddverii zimnix Olimpiyskix igr 2022 goda
Olimpiyskaya bashnya v Pekine vozle Glavnogo press-tsentra v preddverii zimnix Olimpiyskix igr 2022 goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Hafta yakunida davlat rahbari Si Tszinpinning taklifiga binoan Xitoyga boradi.
TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin Olimpiadasi ochilish marosimida ishtirok etadi.
“Hafta yakunida davlatimiz rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan Pekin shahridagi qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Xitoyda boʻladi”, - deb yozgan prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Xitoy rahbari 4-6 fevral kunlari Pekinda xorijiy davlatlar yetakchilari, hukumat rahbarlari, qirollik oilalari aʼzolari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari sharafiga qabul marosimi oʻtkazadi.
Mehmonlar orasida - Rossiya, Singapur, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Misr, Polsha, Argentina rahbarlari, Kambodja qiroli, Qatar amiri, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, boshqa qator davlatlar yetakchilari, Xalqaro olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus.
Eslatib oʻtamiz, XXIV qishki Olimpiya oʻyinlari Pekinda 2022 yilning 4-20 fevral kunlari boʻlib oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0