Rossiya

Moskvada ommaviy mushtlashuv: politsiya 66 nafar migrantni qoʻlga oldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishAvtomobil politsii v Moskve
Avtomobil politsii v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Moskva gʻarbidagi Biryulyovoda otishma bilan yuz bergan mushtlashuvdan soʻng 66 kishi, asosan, migrantlar politsiyaga olib kelindi.
TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Moskva gʻarbidagi Biryulyovoda otishma bilan yuz bergan mushtlashuvdan soʻng 66 kishi, asosan, migrantlar politsiyaga olib kelindi, bezorilik boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi, deb xabar qildi RIA Novosti agentligiga huquq-tartibot idoralaridagi manba.
Uning soʻzlariga koʻra, mushtlashuv dam olish kunlari sodir boʻldi: oʻshanda 15 kishi ishtirok etgan mojaro nafaqat mushtlashish, balki travmatik toʻpponchadan oʻq otish bilan tugadi.
Voqeadan keyin hech kim shifoxonaga murojaat qilmadi.
“29 yanvar, shanba kuni soat taxminan 20:00da Rossiya Ichki ishlar vazirligiga Biryulyovo Gʻarbiy tumanidagi Vostryakovskiy proyezd, 1-uy manzilida fuqarolar oʻrtasida nizo kelib chiqqanligi haqida xabar kelib tushdi”, — deyilgan xabarda.
“Bir qator fuqarolar maʼmuriy javobgarlikka tortildi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Uch nafar kishi politsiya boʻlimida qoldi.
Bezorilik moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari bezorilik moddasi boʻyicha sud tomonidan 7 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0