O‘zbekiston futzal terma jamoasi Chernogoriyaga 8 ta gol urdi – video

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futzalu
Sbornaya Uzbekistana po futzalu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Chernogoriya futzal terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini 8:1 hisobi bilan yakunlandi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 30-yanvar, yakshanba kuni Chernogoriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
O‘yin 8:1 hisobidagi yirik g‘alaba bilan o‘zbekistonlik futzalchilar foydasiga hal bo‘ldi.
Ilhom Hamroyev het-trik muallifiga aylandi. Davron Choriyevdan dubl. Sunnatulla Jo‘rayev, Ixtiyor Ropiyev va Husniddin Nishonov bittadan golni o‘z nomlariga yozdirib qo‘yishdi.
Chernogoriya safida yagona golni Efovich Ariyan urdi.
Avvalroq O‘zbekiston futzal terma jamoasi Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0