Kolumnistlar

Rossiya bilan urush Boris Jonsonga nega kerak

© REUTERS / UK Parliament / Jessica TaylorBritanskiy premyer-ministr Boris Djonson
Britanskiy premyer-ministr Boris Djonson - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Britaniya bosh vazirining ishlari har qachongidan yomon, agar uni faqat urush qutqarib qoladigan boʻlsa – hozircha faraz qilinayotgan urush.
Quvonch keltirmay qoʻygan uy ishlarini tashlab, bu haftani Boris Jonson Rossiyaga bagʻishlash niyatida. U Vladimir Putinga sim qoqmoqchi, Estoniyadagi Britaniya harbiylari soni ikki baravarga koʻpaytirishga va London tomonidan Rossiyaga nisbatan qabul qilinishi mumkin boʻlgan sanktsiyalar toʻplamini kengaytirishga tayyor.
Tahdidli choralarni eʼlon qilish tashqi ishlar vaziri Elizabet Trassga topshirilgandi. Britaniya diplomatiyasi rahbari, aftidan, Rossiya chegarasi yaqinida namoyish qilgan tankdan hech ham tushgisi yoʻq.
Sky News telekanali efirida artilleriyacha dangallik bilan u “Kreml uchun qiziqish tugʻdiradigan har qanday kompaniyaga” qatʼiy jazoni vaʼda qildi. Boshlovchi Britaniya hukumati boy ruslardan Londondagi uylarini tortib oladimi deya soʻradi (Angliyada bu mavzu ketma-ket bir necha yildirki sevimli va qiziqarli mavzu). Liz Trass bunga sermazmun javob qaytardi: “Istisno qilinmaydi. Biz hozir sanktsiyalarimiz kimga taalluqli boʻlishini ochiqlamoqchi emasmiz”.
Lekin ichki kun tartibiga oid savollar berilishi bilanoq, zolim vazir muloyim boʻlib qoldi: Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarda koʻngdalak boʻlgan Shimoliy Irlandiya taqdiri haqida tushunib boʻlmaydigan bir narsalarni aytdi, bosh vazir atrofidagi vaziyat haqida gap ketishi bilan umuman gʻuldirab qoldi va riyokorona uning fikrlarini toʻlaligicha Rossiya va Ukraina bilan bandligini koʻrsatdi.
Goʻyoki nazariy jihatdan bu oʻrinni oʻzi egallashi mumkin boʻlgan Britaniya vazirlar mahkamasi rahbari taqdiri uni zarracha qiziqtirmaydigandek.
Jonson hozir oʻzini qutqarish uchun noiloj choralarini koʻrishga urinmoqda. Uning qarorgohidagi tungi bazm bilan bogʻliq janjal kattalashgan, biroq bu yerda bosh vazirga London politsiyasi yordam kelgan.
Oʻtgan hafta Jonson "u kim blan oʻtirgani, qayerda ichgani va turganini" tekshirgan qoʻli ostidagi xodim Syu Greyning maʼruzasini chop qilishga vaʼda bergandi. Skotlend-Yard ishni boshini tutishi bilan hammasi oʻzgardi.
Bosh politsiyasi Kressida Dik dediki, uning qoʻli ostidagilar hatto bosh vazirni soʻroq qilishadi, u bunga xursandchilik bilan rozi boʻldi, chunki komissarning keyingi talabi Jonson vaʼda qilgan maʼruza tafsilotlarini tergov ketayotgan paytda eʼlon qilmaslik edi.
Britaniyaliklar Ukrainadan qochishga hozirlanishmoqda
Politsiya surushtiruvi uzoq oylarga choʻzilishi maʼlum, bosh vazirga esa hozir har qachongiga qaraganda vaqt darkor.
Yuzaga kelgan qutqaruv tanaffusini zudlik bilan toʻldirish zarur, boʻlmasa Jonson uchun u noqulay va hatto halokatli boʻladi: saylovchilar gaz va elektr energiyasining oʻsib borayotgan narxiga duch kelishdi, apreldan ularni soliqlar oshirilishi ham kutib turibdi.
May oyida esa Buyuk Britaniyada mahalliy saylovlar boʻlib oʻtadi. Ularning natijalariga koʻra bosh vazirning keyingi taqdiri hal boʻladi. Jonson esa ogʻir boshi bilan Rossiya-Ukraina mavzusiga shoʻngʻimoqda: qoʻshin joʻnatishga tayyor va hatto oʻzi Sharqiy Yevropaga bormoqchi.
Har tomondan unga tetiklantiruvchi maslahatlar berilmoqda. "Bu safar Putin tushunishi kerakki, agar u NATO ittifoqchilaridan biriga yoki Yevropa Ittifoqining neytral aʼzosiga teginishga jurʼat qilsa, biz jang qilamiz, va biz hozir tayyorgarlik koʻrishimiz shart", - deya yozadi The Times nashrida Jonatan Pauell, bosh vazir Toni Blerning sobiq apparat rahbari.
Ayrimlarning oʻzi Britaniyani Iroqqa yurishga tortish uchun ochiq-oydin aldovda ishtirok etganini eslatmay, jim turgani yaxshiroq edimi. Usullar hech ham oʻzgarmagan – razvedkaning toʻqib chiqargan maʼruzalari, matbuotdagi keng koʻlamli kampaniya.
Soʻnggi haftalarda Ukraina atrofidagi vaziyatga oʻt qoʻyayotgan britaniyalik jurnalistlarning fikr zaxiralari qurib bitgan va fotobanklari boʻshab qolgan. The Times qoʻlidagi qurol boʻlgan kiyevlik uy bekasining bitta suratini, uni familiyasni turlicha atab, u xabardan bunisiga bunisdan unisiga qoʻymoqda. Nima farqi bor? Oʻzini koʻrsatib tursin va ruslarga boʻsh qoʻymaslikni vaʼda bersa boʻldi-da.
AQSH va NATO javobi – xavfsizlik muammolarini “aralashtirib yuborish”
Bugun jiddiy saylov muammolari boʻlganlar Rossiyaga qarshi vahimada yonib kuymoqda. Jonson va Baydenning reytinglari bir hol, Makron aprelda saylovda qatnashadi. Barcha zudlik bilan oʻzini bir narsa bilan band qilishi zarur.
Ittifoqchilarning birgalikdagi saʼy-harakatlari oʻz kuchlariga shubha qilayotgan nemislarni joyidan jildirish. Ukrainaga qurol yetkazib berishdan uyalib bosh tortgan, emishki, oʻtgan asrning oʻrtasidan buyon yomon tasavvurlar bor, yangi Germaniya hukumati baribir u yerga kaska joʻnatdi.
Germaniyadan kaska emas, balki u "Shimoliy oqim-2"dan voz kechishini kutishmoqda, albatta.
Bunday oʻzini mayib qilishlik chaqirigʻi bilan avvalo Buyuk Britaniya va AQSH chiqmoqda va ular oʻz muammolarini hal qilishga umid qilishmoqda – jumladan, nemislar hisobidan.
Britaniya bosh vazirining Rossiya atrofidagi vaziyatga moy sepib, oʻzinikilari orasidagi jazodan qutilib qolish qoʻlidan keladimi, maʼlum emas. Bu niyat aniq yangi emas.
Agar bu Rossiyaga bogʻliq boʻlsa, unda urush boʻlmaydi - Lavrov
Uning oʻtmishdoshi Tereza Mey Skripallar va qattiq sanktsiya rejimi mavzusini aylantirib, bu usuldan foydalangandi. Uning Rossiya kapitaliga qarshi vaʼda qilgan kurashi oʻshanda Roman Abramovichga viza bermaslik bilan ahmoqona va sharmandalarcha yakunlangandi.
"Chelsi" xoʻjayini uchun bu chivin chaqqandek boʻlgan, Mey xonimning oʻzi esa oxir-oqibat hiqillab, bosh vazir qarorgohini tark etgandi.
Yangiliklar lentasi
0