Toshkentda binolar yoshining interaktiv xaritasi ishga tushirildi

© Press-slujba xokimiyata TashkentaInteraktivnaya karta vozrasta zdaniy v Tashkente
Interaktivnaya karta vozrasta zdaniy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna bo‘lish
Endi Toshkentdagi binolarning yoshini aniqlash imkoniyati mavjud. O‘zbekiston bunday interaktiv xarita paydo bo‘lgan Markaziy Osiyodagi ilk mamlakat.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi Age Tashkent loyihasini ishga tushirdi. Unda tanlangan vaqt oralig‘ini yoki aniq yilni qo‘llagan holda Toshkentdagi binolarning yoshini aniqlash imkoniyati mavjud. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qurilmalar yoshini vizuallashtirish loyihasini Niderlandiyada ishlab chiqilgan, so‘ngra Yevropa va Rossiyada keng tarqalgan Building Age Maps chellenji ilhomlantirgan. O‘zbekiston bunday interaktiv xarita paydo bo‘lgan Markaziy Osiyodagi ilk mamlakat.

“Loyiha Toshkentning boy tarixi, uning me’moriy va arxeologik merosini shaxsan ko‘rib, haqiqiy baho berish imkoniyatini beradi”, - deyilgan xabarda.

Loyihadan foydalanish yo‘riqnomasi: xaritada qiziqtirgan binoni topish kerak, unga bosib va kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
Binolarning rangi ham tasodifan tanlangan emas. Qadimroq binolar to‘kiluvchi materiallar – ular qurilishida qo‘llanilgan somon va loy rangida aks ettirilgan. Sobiq SSSR davrini olovrang va qizil rang aks ettirsa, 1966-yildagi yer qimirlashidan keyin paydo bo‘lgan metro ko‘k rangda namoyon bo‘ladi. Mustaqillik yillariga och havorang belgi bo‘lsa, yangi O‘zbekiston davri yashil rangda bo‘yalgan.
Binoning yoshi yoki boshqa ma’lumotlaridagi xatolik haqida xabar berish mumkin. Xaritada “sirli xona" ham bor. U Toshkentning chegaralarini yilidan kelib chiqib, ko‘rsatib bera oladi. Unda barcha tumanlar, shahar atrofidagi qal’a devori, 12 ta darvoza, shuningdek, madaniy meros obyektlarining arxeologik hamda ko‘chalarning zamonaviy nomlari ko‘rsatilgan.
Yangiliklar lentasi
0