COVID-19 pandemiyasini qanday kelajak kutmoqda?

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishGraffiti v podderjku vrachey v borbe s COVID-19
Graffiti v podderjku vrachey v borbe s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2022
Obuna bo‘lish
Italiyalik olimlarning ta’kidlashicha, “omikron” shtammi koronavirus pandeyamisini qanday kelajak kutayotganini ko‘rsatib bermoqda.
Italiyaning “Spallansani” instituti olimlarining bayonot berishicha, COVID-19 pandemiyasini “ispan grippi” kabi kelajak kutmoqda. “Ispan grippi” XX asr boshida, aniqrog‘i 1918-1920 yillarda Yevropada keng tarqalgan pandemiya hisoblanadi.
Sputnik radiosining xabar berishicha, “Spallansani” Milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori Franchesko Vayya shunday bayonot bilan chiqqan.
Olimlarning ta’kidlashicha, omikron shtammning bu qadar tez tarqalishi COVID-19ning xuddi gripp kabi mavsumiy kasallikka aylanishini ko‘rsatmoqda. Emlash esa yilda bir marta amalga oshiriladi.
“Omikron” mutatsiyasi kundan-kunga mavsumiy kasallikning xususiyatlarini namoyon qilmoqda”,- deydi olim.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, butun dunyoda ehtimol har yillik vaksinatsiya jarayonlari boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0