Madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara)
Minaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2022
Obuna bo‘lish
Ayrim toifadagi obyektlarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganlikni ifodalovchi qilmishlarni og‘ir jinoyatlar qatoriga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekistonda moddiy madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisida ma’lum qilindi.
Hukumat a’zolari, vazirlik va idora mutasaddilari, ekspertlar, Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirokidagi majlisda “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Hujjatda moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilganlik, buzganlik yoki ularga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish ko‘zda tutilgan. Bunday toifadagi obyektlarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganlikni ifodalovchi qilmishlarni og‘ir jinoyatlar toifasiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, dastlabki tergov o‘tkazishni prokuratura organlariga yuklanishi kutilmoqda. Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining ijro etish majburiy bo‘lgan ko‘rsatma va taqdimnomalarini belgilangan muddatda to‘liq bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi.
Norboyeva qonunlarga madaniy meroslarni saqlashga oid o‘zgartirish kiritishni taklif qildi
Yangiliklar lentasi
0