Tibbiyot muassasalarida ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente otkrilsya natsionalniy detskiy meditsinskiy sentr - foto
V Tashkente otkrilsya natsionalniy detskiy meditsinskiy sentr - foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2022
Obuna bo‘lish
Yuritiladigan 26 turdagi tibbiy hisob jurnallaridan 14 tasi qoldirildi. Qolgan 14 tasidan 10 tasi soddalashtirildi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Bugun, 1-fevraldan birlamchi tibbiyot muassasalarida ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yilib, yangi tartibda ish yuritiladi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i qabul qilindi.
Vazirlik tomonidan tuzilgan ishchi guruh foydali bo‘lmagan hujjat va hisobot shakllarini qisqartirish yuzasidagi vaziyatni chuqur o‘rganib, mavjud 26 turdagi jurnal va 33 turdagi hisobot shakllaridan bir qismi amaliyotda keraksiz, degan xulosaga kelgan.
“Shu yil 1-fevraldan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinika va oilaviy shifokor punktlarida yuritiladigan 26 turdagi tibbiy hisob jurnallaridan 14 tasi qoldirildi. Qolgan 14 tasidan 10 tasi soddalashtirildi. 33 turdagi tibbiy karta va blankalar esa 14 tagacha qisqartirildi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlanmagan tibbiy hisob hujjat shakllaridan foydalanish qat’iyan man etildi.
“Endi shifokor va hamshiralar asosiy vaqtini ortiqcha qog‘ozbozlik, ya’ni, hisobotu hujjatlar to‘ldirishga emas, balki bosh vazifasi bo‘lgan bemorlarni davolashga yo‘naltiradi”, - deya xulosa qilinadi xabarda.
SSV shifoxonalardagi ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirishga kirishdi
Yangiliklar lentasi
0