Koronavirus o‘pka ichiga kirib olish xususiyatini yo‘qotdi - Popova

Obuna bo‘lish
Omikron og‘ir oqibatlarga olib kelmasada, uning asoratlari hozircha to‘liq o‘rganilgani yo‘q, shu sababli imkon qadar kasallikni oldini olishga harakat qilish kerak - Popova.
TOShKENT, 2 fev - Sputnik. Koronavirus o‘pka to‘qimasi ichiga kirib olish xususiyatnin yo‘qotdi, hozir u faqat yuqori nafas olish yo‘llariga ta’sir qilmoqda, dedi Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova.
"Virus doim o‘zgarib turadi bu uning xususiyati<...>. U har doim inson organizmiga moslashish uchun eng yaxshi forma qidiradi. Ana shu eng qulay shakl, aminokislotalar tarkibini qidiruv davomida koronavirus o‘zining retseptorlaridan birini yo‘qotdi. Aynan o‘sha retseptor inson o‘pkasi to‘qimasi ichiga kirib olishda yordam berar edi" , - dedi Popova.
Rossiya bosh sanitar shifokori aytishiga ko‘ra, omikron-shtammi aksariyat hollarda yuqori nafas olish yo‘llarida ushlanib qoladi. Traxeit va bolalarda bronxit kasalligi keltirib chiqaradi.
Oldingi shtammlar kabi kasallikning og‘ir oqibatlari keltirib chiqarmaydi. Lekin yangi shtamm paydo bo‘lganiga hali ko‘p bo‘lmadi, shu sababli uning salbiy asoratlari hali to‘liq o‘rganilmagan dedi Popova. Shu sababli kasallikning oldini olishga harakat qilish kerak.
Eslatib o‘tamiz, omikron shtamm ilk bor Janubiy Afrikada noyabr oyida aniqlangan edi. Bugungi kunda u dunyoda eng keng tarqalgan shtammga aylangan.
Yangiliklar lentasi
0