O‘zbekistonda Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlikda insulin ishlab chiqariladi

© Foto: MIVT UzbekistanaV Uzbekistane sovmestno s rossiyskoy kompaniyey zapustat proizvodstvo insulina
V Uzbekistane sovmestno s rossiyskoy kompaniyey zapustat proizvodstvo insulina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2022
Obuna bo‘lish
“Gerofarm” insulinlariga O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorida talab katta.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiyaning “Gerofarm” kompaniyasi bilan hamkorlikda insulin ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha ishga tushiriladi. Tegishli bitim Moskvada O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va kompaniya rahbariyati o‘rtasida imzolandi.
Ta’kidlanishicha, loyihaning amalga oshirilishi qandli diabet bilan og‘riydigan bemorlar uchun bir qator muhim dori vositalarining ommabopligini sezilarli darajada oshiradi. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining ushbu dorilar importiga qaramligini kamaytirish, dori-darmon xavfsizligini ta’minlash va mamlakatda biotexnologik ishlab chiqarishni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.
“Yaqin kelajakda tomonlar loyihani hayotga tatbiq etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar va muddatlarni o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib tasdiqlaydilar”, - deyilgan xabarda.
Davlat qandli diabetga chalingan bemorlarni qator dorilar bilan bepul ta’minlaydi
“Gerofarm” MChJ MDH va YeOII mamlakatlarida biotexnologik dori ishlab chiqaruvchilari orasida yetakchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniya endokrinologiya sohasida yuqori texnologiyali mahsulotlarni eksport qiladi. “Gerofarm” insulinlariga O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorida talab katta.
Yangiliklar lentasi
0