Jamiyat

Birinchi martdan “Yashil yillik” boshlanadi – prezident

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shavkat Mirziyoyev bahorda 125 million tup koʻchat ekish vazifasini qoʻydi. Tadbirga barcha hokimliklar, ekoqoʻmita, IIV va Milliyo gvardiya ham jalb qilinadi.
TOSHKENT, 3 fev – Sputnik. Oʻzbekistonda 1 martdan boshlab “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlanadi xabar qilindi prezident huzurida 2 fevral kuni boʻlib oʻtgan “Yashil makon” umumilliy loyihasiga bagʻishlangan majlisda.
“Umuman, 1 martdan boshlab butun mamlakat boʻylab “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlanadi <…> Bu tadbirlar ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishi, har bir tuman va shahar, mahalla, koʻcha, davlat tashkilotlari, oliygohlar, maktablar, korxonalargacha kirib borishi zarur", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tadbir doirasida har bir muassasaning oʻz vazifasi boʻladi, xususan:
Hokimliklar - daraxtlarni parvarishlash, sugʻorish, zararkunandalardan himoya qilish boʻyicha tizim yaratishi;
Hisob palatasi - haqiqiy ekilgan koʻchatlar va ularni parvarish qilishni tizimini nazorat qilib borish;
Ekoqoʻmita, IIV, Milliy gvardiya va viloyat hokimlari - mobil ekopatrullar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Viloyat hokimlari va tegishli idoralar - auktsionda sotuvda turgan 35 mingta yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazib, ulardagi koʻp yillik va qimmatbaho daraxtlar reyestrini shakllantirish vazifalari qoʻyildi.
Shuningdek Shavkat Mirziyoyev "Yashil makon" loyihasi bir yillik tadbir emasligini taʼkidlab, ushbu borada ustuvor vazifalarni belgilab berdi:
bahorda 125 mln koʻchat ekish;
har bir hududning iqlimiga mos koʻchatlarni yetarli miqdorda yetishtirish uchun koʻchatxonalarni koʻpaytirish;
“daftarlar”ga kirgan, koʻchat ekish boʻyicha tajribasi bor aholiga koʻchatxonalar tashkil etish va zarur texnika, sifatli nihollar va urugʻlar xarid qilish, koʻchatlar yetishtirish uchun subsidiyalar ajratish;
koʻchatlarni yetkazib berishda ochiq-oshkoralikni taʼminlagan holda, ularning narxi asossiz oshib ketmasligi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;
kamida 10 million dona mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini aholiga bepul tarqatish;
xalqaro va respublika ahamiyatidagi yoʻllarning chetlariga 1,5 million dona daraxtdan ixotazorlar tashkil etish.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi 2021 yilning noyabr oyida boshlangan edi. Uning doirasida respublika hududida 200 millionta daraxt koʻchatini ekish rejalashtirilgan edi.Kuzada eʼlon qilingan “dolzarb 40 kunlik” doirasida 85 million dona daraxt koʻchatlari ekildi.
Yangiliklar lentasi
0