Siyosat

Erkinjon Turdimov tanqidiy material yozganlar ragʻbatlantirilishini aytdi - video

© Foto: xokimiyat Samarkandskoy oblastiErkinjon Turdimov
Erkinjon Turdimov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Samarqand viloyati hokimi: 15 fevraldan boshlab blogerlar, jurnalistlar, jamoatchilik — kimki "negativka" olib kelsa, pul oladi.
TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 2 fevral kuni viloyatdagi kushxonalar va qassoblar faoliyatini tartibga solish boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda tanqid qilgan jurnalist, bloger va jamoatchilik faollari ragʻbatlantirilishini aytdi, deb xabar qildi "Zarnews" nashri.
Hokimning soʻzlariga koʻra, 15 fevraldan boshlab blogerlar, jurnalistlar, jamoatchilik — kim "negativka" olib kelsa, mukofotlanadi.
“Men oʻzim alohida pul topib beraman. Kim olib kelishini farqi yoʻq, koʻchadagi odam boʻlsayam mayli. Rasmga olingan boʻlsa, tasdiqlangan boʻlsa boʻldi”, - deydi Turdimov.
U kattaroq material boʻlsa koʻproq, kichikroq material boʻlsa kamroq pul berilishini taʼkidladi.

“Chunki xalqning salomatligi bu. Jurnalistlar kamchiliklar haqida yaxshi koʻrsatuv qilib kelsa, masalan, tibbiy koʻrikdan oʻtmagan odam goʻsht sotayotgan boʻlsa, SESning oʻsha vakili ishdan ketadi. Javobgarlikka torttiraman, hech baloni qoʻymayman. Qassobning oʻzini sharmandasini chiqaraman. Sudga berib, bir yilga qassobchilik qilish huquqidan mahrum qilaman. Qani bittasi oʻsha joyga shtampni ursin butun dunyoga sharmanda qildiraman”, — deya vaʼda berdi Samarqand viloyati hokimi.

Taʼkidlanishicha, shu kabi jamoat ishlarida faol ishtirok etganlar byudjetdan ragʻbatlantiriladi.
"Buni qanday qilamiz? Masalan, mahalla raisi, ‘uchastkovoy’ byudjetdan oylik oladi, toʻgʻrimi? Hokim yordamchisi, veterinary, vet-laboratoriya ham byudjetdan oylik oladimi? Jarima! Oyligidan 30-40 foiz jarima qilish mumkinmi? Hammasining jarimasi byudjetga tushadi va ‘ekonom’ boʻlib qoladi. Oʻsha summadan ularga mukofot puli yozib beramiz", — deya xulosa qildi Turdimov.

Mavzuga oid:

Samarqand viloyati hokimi deputatlarga 50 mln soʻmdan pul ajratishni taklif qildi
Shuhrat Abdurahmonov: piyoda yurishni targʻib qilgan rahbarlarni Dubayga joʻnataman
Bir kilo vazn tashlagan insonga 500 ming soʻm beramiz - Fargʻona viloyati hokimi
Yangiliklar lentasi
0