Siyosat

Vazir Qashqadaryo OTMlaridagi talabalarga Telegram orqali dars berilganini tanqid qildi

© Foto: Minvuz UzbekistanaMinistr vыsshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Uzbekistana Abdukodir Toshkulov
Ministr vыsshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Uzbekistana Abdukodir Toshkulov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Abduqodir Toshqulov: uch ming talabani Telegram orqali oʻqityapsizlar. Bu nima ahvol?
TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi rahbarlari boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatidagi 6 ta oliy taʼlim muassasasini kompleks oʻrganib chiqdi.
Vazirlik matbuot xizmati xabariga koʻra, oʻrganish natijalari yuzasidan masʼullar va hududda joylashgan oliy taʼlim muassasalari rahbarlari hamda professor-oʻqituvchilar ishtirokida yigʻilish oʻtkazilgan.
Yigʻilishda erishilgan yutuqlar bilan birga, hududdagi bir qator OTMlardagi taʼlim sifati va ilmiy salohiyat yetishmasligi, oʻquv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etishdagi muammolar hamda masofaviy taʼlimni yoʻlga qoʻyishdagi kamchiliklar tanqid qilingan. Talabalar, oʻqituvchilar uchun zarur sharoit-sharoitlar yaratilmagani, moddiy-texnik baza bilan toʻliq taʼminlanmaganiga eʼtibor qaratilgan.
Xususan, Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyati qoniqarsiz deb topilgan. Direktor, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari va oʻquv-metodik boshqarma boshligʻiga masofaviy taʼlimni tashkil qilishda yoʻl qoʻygan jiddiy kamchiliklari uchun hayfsan berilgan. Muammolarni bartaraf etish uchun uch oy vaqt berilgan.

“Bugun masofaviy taʼlim uchun yaratilgan koʻplab maxsus platformalar boʻla turib, 3 ming nafar talabani Telegram orqali oʻqityapsizlar. Hamma narsa Telegram’da. Oliy taʼlim muassasasining oʻz platformasi yoʻqmi? Bu nima ahvol? Prezidentimizning ozgina tashvishlari ming chandon toʻgʻri ekaniga amin boʻlib ketyapman. Barchasi boʻyicha xulosa qilinadi. Endi taʼlim siyosatiga hamma javob beradi", — dedi Toshqulov.

Bundan tashqari, hududdagi barcha oliygohlarda taʼlim sifatini taʼminlashda qator jiddiy kamchiliklar mavjud ekani tilga olingan va bu boʻyicha xulosa qilinishi bildirilgan.
Oliygohlarda oʻquv jarayonlari qachondan toʻliq anʼanaviy shaklda olib borilishi maʼlum boʻldi
Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatidagi 6 ta OTMda taʼlim bilan qamrov 28% ga oshib, talabalarning umumiy kontingenti 51 431 nafarni tashkil qilmoqda. Professor-oʻqituvchilarning umumiy soni 2 779 nafarni tashkil etib, ilmiy salohiyat 23,4% ga oshgan.
Yangiliklar lentasi
0