Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Pandemiya vaqtida qanday to‘g‘ri ovqatlanish kerak?

© Pixabay / galyafanasevaGrecheskiy salat
Grecheskiy salat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2022
Obuna bo‘lish
Butun dunyoda omikron shtammi tufayli kasallanishlar soni ortib bormoqda. Bunday paytda immunitetni to‘g‘ri ovqatlanish bilan ham mustahkamlash mumkin.
Immunitet mustahkamligi bir qancha faktorlarga bog‘liq, shuningdek ovqatlanish tizimiga ham. Shubhasiz, immunitetni ko‘taradigan alohida mahsulot yo‘q. Biroq, to‘g‘ri va tartibli tuzilgan ratsion bilan salomatlikka erishish, immunitetni mustahkamlash mumkin, deydi parhezshunoslar. Bular haqida RIA Novosti ma’lum qildi.
Sut mahsulotlarini muntazam iste’mol qilish zarur. Faqat asal yoki sarimsoq emas, balki tuzlangan karam, foydali yog‘larni ham iste’mol qilib turish kerak.
“Har kungi ratsioningizda albatta mevalar, sabzavotlar, grechka, suli, jaydari non, jo‘xori kabi donli mahsulotlar bo‘lishi kerak”, deydi shifokor Mayra Rau.
Shuningdek, oqsil moddalari, ya’ni dukkaklilar, baliq va parranda go‘shti hamda yong‘oq iste’mol qilish muhim. Sut mahsulotlarini ham unutmagan holda, kefir, tvorog, pishloq ham ratsionda bo‘lishi kerak, deydi Mayra Rau.
Parhezshunos Margarita Korolevaning ta’kidlashicha, och qorin parhezidan voz kechgan ma’qul. Uning so‘zlariga ko‘ra, ratsionga go‘sht va o‘simlik mahsulotlarini qo‘shish kerak.
“Hozir qish fasli. Shu sababli mahsulotlarning o‘zida ham foydali komponentlar kam”, - deydi u.
Ovqatlanish tizimida baliq, avokado, yormalar shuningdek qo‘y va mol go‘shti yog‘lari ham bo‘lishi kerak. Gap shundaki, yog‘lar hujayralarning lipid qatlamini qo‘llab-quvvatlaydi, chunki ular o‘pka sirt faol moddasining bir qismidir. Surfaktant - bu o‘pka alveolalarining ichki qismini qoplaydigan sirt faol moddalar aralashmasi.
“Ushbu lipid mantiyasi salomat bo‘lsa gaz almashinuvi ta’minlanadi va shu bilan bronxo-o‘pka kasalliklarining oldini oladi, chunki viruslar va bakteriyalar tanamizga asosan yuqori nafas yo‘llari orqali kiradi”, - deydi Margarita Koroleva.
Yangiliklar lentasi
0