Jamiyat

Adliya vaziri TikTokʼni bloklash haqidagi taklifga munosabat bildirdi

© Minyust UzbekistanaRuslanbek Davletov - ministr yustitsii
Ruslanbek Davletov - ministr yustitsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ruslanbek Davletov: yomon kontentlar faqat TikTokʼdami?
TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Oʻzbekistonda TikTok ijtimoiy tarmogʻini butunlay taqiqlash taklifiga munosabat bildirdi.
“Men axborot erkin tarqatilishi tarafdoriman. Texnik tomondan butkul bloklash imkoniyati bormi? VPNʼlar bor-ku. Bilasizmi, har kuni qancha yangi dasturlar chiqadi. Biz jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashishimiz kerak”, - dedi Davletov jamoatchilikka hisobot berayotgan vaqtida.
Vazirning fikricha, axborot maydoni erkin boʻlishi kerak.
“Yomon kontentlar faqat TikTokʼdami? Unda qayerdan diniy ekstremizm, zoʻravonlikka targʻibi kuchayyapti? Bloklash texnik jihatdan qiyin masala. Oʻylaymanki, bu hech qanday samara bermaydi”, - deya xulosa qildi u.
Avvalroq “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faollari Oʻzbekistonda TikTok ijtimoiy tarmogʻini butunlay bloklash taklifini ilgari surgan edi. Bunga qadar "Milliy tiklanish" partiyasi shunday taklif bilan chiqqan edi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2021 yil 2 iyul kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok’dan foydalanish rasman cheklangan edi.
Yangiliklar lentasi
0