Jamiyat

Qoʻngʻirot-Namangan-Andijon yoʻnalishida birinchi reys amalga oshirildi

© Foto: AO O‘ztemiryo‘lyo‘lovchiPassajirskiy poyezd po marshrutu "Kungrad – Namangan – Andijan – Kungrad"
Passajirskiy poyezd po marshrutu Kungrad – Namangan – Andijan – Kungrad - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mamlakatning 8 ta hududini oʻzaro bogʻlaydigan transport qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. 5-7 fevral kunlari 654/653 - sonli yoʻlovchi poyezdlari Qoʻngʻirot-Namangan-Andijon-Qoʻngʻirot yoʻnalishida birinchi reysini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “Oʻztemiryoʻlovchi” AJ.
Taʼkidlanishicha, bunday uzoq masofaga harakatlanadigan poyezdlar qatnovi mamlakatda ilk bora yoʻlga qoʻyilgan. Qoʻngʻirotdan mazkur poyezdda yoʻlgan chiqqan yoʻlovchilar Xoʻjayli, Nukus, Uchquduq, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Guliston, Toshkent, Namangan shaharlaridan oʻtib Andijon shahriga yetib kelishadi. Andijondan yoʻlga chiqqan yoʻlovchilar ham bu shaharlar orqali oʻtib Qoʻngʻirotga yetib borashadi.
“Ushbu yoʻnalishda poyezdlar qatnovining yoʻlga qoʻyilishi, yurtimizda ichki turizmni yanada rivojlantirish uchun ham juda katta imkoniyat yaratadi”, - deyilgan xabarda.
Poyezdlar harakat jadvaliga koʻra shanba kunlari Qoʻngʻirotdan, yakshanba kunlari Andijondan qatnovini amalga toshiradi. Kelgusida ular qatnovini koʻpaytirish koʻzda tutilgan.
Toshkent-Qoʻngʻirot yoʻnalishida qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi
Yangiliklar lentasi
0