“Toshkentshahargaz” ta’minoti sobiq xodimi qo‘lga olindi

© Sputnik / Stas EtveshArest, arxivnoe foto
Arest, arxivnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2022
Obuna bo‘lish
“Toshkentshahargaz” ta’minoti sobiq xodimi firibgarlik jinoyati ustida ushlandi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. “Toshkentshahargaz” ta’minoti sobiq xodimi firibgarlik jinoyati ustida ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Toshkentshahargaz” ta’minoti sobiq xodimi B.N. firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida, tashkilotning xizmat guvohnomasiga soxta ma’lumot kiritib, fuqaro A.ga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda tabiiy gaz tarmog‘iga ulanish uchun loyiha hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga 16,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0