G‘arb Rossiyani qanday jazolashni o‘ylayapti

© REUTERS / Maxim ShemetovLogotip proyekta Severniy potok - 2 na odnoy iz trub
Logotip proyekta Severniy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya “sivilizatsiyalashgan dunyo”ning zarbasiga javob bera oladi, faqat siyosiy avanturistlarning garoviga aylangan oddiy yevropaliklarga odam achinadi.
Co‘nggi ikki kun ichida Vashingtonda ikkita yirik B.lar dueti – ya’ni Borrell va Blinken, yoki aytaylik, Blinken va Borrell, amerikalik va yevropalik ikki asosiy diplomat qanday qilib Moskva uchun fitnalar qo‘zg‘ash va yomon ishlar qilish borasida muzokaralar olib bordi.
Yoki ularning doirasida shunday gapirish qabul qilingandek, “geosiyosiy jihatdan Rossiyani tiyib turish” masalalari muhokama qilindi.
Ikki hurmatli janob, to‘g‘rirog‘i, bir janob va bir kabalyero hamraislik lavozimini egallagan Transatlantik muzokaralar AQSh - Yevropa Ittifoqi Energetika kengashi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Jamoaviy ish bor joyda do‘stlik ham bo‘ladi: yakuniy matbuot anjumanida Yevropa Ittifoqining xalqaro ishlar va xavfsizlik bo‘yicha Oliy vakili ko‘p qirrali rasmiy unvoniga qaramay, Blinken janoblari bilan qanchalar do‘st ekanliklarini “Qadrdon Toni” deya har safar sha’ma qilib turdi.
Bundan tashqari, o‘rinbosar fon der Lyayen amerikaliklardan Yevropa rus energotashuvchilaridan mahrum bo‘lganda hamda mamlakatimiz va kollektiv Yevropa o‘rtasida inqiroz kuchaygan taqdirda qanday qilib Amerika ularni qo‘llab-quvvatlamoqchi ekanliklarini bilish uchun Vashingtonga uchib keldi.
Vashingtonga parvoz qilish va Blinken bilan omma oldida do‘st bo‘lishdan oldin Borrel o‘z blogida navbatdagi postini e’lon qildi va u yerda “Rossiya gaz yordamida hammani shantaj qilishda davom etish niyatida”, deb takroran yozib qo‘ydi.
Borrell o‘z miyasidagi xomxayollar bilan gaplashguncha, u xalqaro maydonda vakillik qiladigan kollektiv Yevropa mamlakatlarida nimalar sodir bo‘layotganini ko‘rib chiqamiz.
Borrell janoblari “Rossiya gazining xiyonati” haqidagi postini ayni tahrirlayotgan paytda bu badavlat birlashgan Yevropada kamida 35 million kishi-ovqat sotib olishmi yoki elektr va issiqlik uchun to‘lash kerakmi degan tanlov oldida turgan edi.
O‘ttiz besh million kishi - bu aslida Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan bir nechta davlatlarning umumiy aholisi, qolgan portugallar, litvaliklar, irlandlar, istisnosiz, qariyalar va go‘daklar ham och qoringa ammo issiq uyda uxlashmi yoki to‘q qoringa sovuq uyda uxlash dilemmasi qarshisida turibdi.
Borrell kambag‘allardan uzoqda, lekin ularning hukumatlari hali ham uning qo‘lida. Yevropa Ittifoqiga a’zo deyarli barcha davlatlarning rasmiylari kambag‘allarga elektr va issiqlik uchun to‘lovlarni minimal darajada yengillashtirishga harakat qilmoqda.
Bu aslida insonparvarlik yuzasidan emas, balki o‘zini himoya qilish tuyg‘usidan qilinyapti: o‘zini zo‘rg‘a oyoqqa turg‘izayotgan YeI iqtisodiyoti "sariq jiletlilar" qo‘zg‘oloni deya atalgandek ikkinchi Jakeriya noroziliklariga dosh bera olmaydi.
Bu sadaqalar yevropalik kambag‘allarning moliyaviy ahvolini tubdan o‘zgartira olmaydi, biroq kam bo‘lsada hech narsadan ko‘ra yaxshiroq albatta.
Yevropa Ittifoqining muhim nazorat organlardan biri, o‘z birdamligi bilan faxrlanadigan hamjamiyat "agar bu imtiyozlar qayta tiklanmaydigan uglerod energotashuvchilardan foydalanish to‘lovlari hisobiga tarqatilayotgan bo‘lsa organ YeI aholisiga bunday yordam ko‘rsatishga qat’iyan qarshi” ekanligini bildirdi.
Bu qarorni ittifoqqa a’zo mamlakatlar suveren budjetini ham nazorat qiladigan YeI Hisob palatasi ma’lum qildi.
Yevropadagi kambag‘allar esa qishloqlarda yashashmoqda, uylarini solyarka bilan isitishmoqda va dizel yoqilg‘isi bilan ishlaydigan mashinalar haydashmoqda.
Chunki bu tarzda yashash ancha arzonroq.
Erta tongda turib va kech uyquga ketadiganlar esa mashaqqatlar bilan zo‘rg‘a ro‘zg‘or tebratadi. Natijada esa farovon va to‘kin-sochin yevroburokratiya yanada kattaroq qashshoqlik tahdidi bilan messedj yuboradi.
Xo‘p, agar bu misol yetarli va yorqin bo‘lmasa yana boshqasini keltiramiz: hozircha gaz quvurlari ishlab turgan va Rossiya YeIni gaz bilan ta’minlab turgan bir paytda (Rossiyaning Germaniyada ko‘k yoqilg‘i ulushi 46%ni , Fransiyada esa taxminan 20%ni tashkil qiladi), inflyatsiya qanday rekordlarga qodir bo‘lsa barchasini o‘rnatmoqda. Himoyaga muhtoj qatlam iste’mol savatchasi narxi esa ko‘pchigan xamir kabi oshib borapti. Yoqilg‘i narxi yanada ko‘tarilsa nima bo‘lishini tasavvur qilavering.
Ammo bunday fikrlar Borrell va Blinken duetini to‘xtata oladimi?
Albatta yo‘q.
Ularning ariyalarida, uzr, ma’ruzalarida "aniq va xavfli ruscha tahdid"ga ham o‘rin topildi. Shu bilan birga ushbu "tahdid" ni o‘ylab topganlik mulohazalari va tahdidga qarshi kurashga djentelmen va kabalyerolarga xos mablag‘ topgandan so‘ng ular allaqachon ishga kirishishga tayyor bo‘lishdi.
Shuningdek, Borrell amerikalik hamkasbi (va do‘sti)ning AQSh energiya ta’minoti bo‘yicha Yevropa Ittifoqini qanday saqlab qolish niyatida ekanligini bilish uchun ham Vashingtonga tashrif buyurgan.
“Rossiyaning Ukrainaga tajovuzi” haqidagi barcha jazavalar aslida raqobatchini katta hajmdagi va shu sabab mazali umumevropa bozoridan siqib chiqarishning usullaridan biri ekanligi barcha aqlli odamlarga allaqachon ayon bo‘lgan.
Modomiki biznes, iqtisodiy aloqalar, mamlakatimizning shartnoma majburiyatlarini bajarishi borasida Rossiyani obro‘sizlantirish imkonsiz ish bo‘lgani uchun “Ukrainaga hujum” afsonasini o‘ylab topishdi.
Bu, aslida Don Korleone aytganidek: "faqat biznes, shaxsiy hech narsa emas".
Raqobatchini siqib chiqarishning xuddi shunday sxemasi Belorussiyaga ham qo‘llangan edi. Bir yildan kamroq vaqt oldin Belorussiyaga kaliy eksportiga cheklov choralari kiritildi.
Va bu yerda Yevropa dehqonlarining jabr ko‘rgani ham muhim emas (yozda hosilning kam bo‘lganiga balki YeIning agrar sohasida belorus o‘g‘itlarini tejashi sabab bo‘lmadimikin?) biroq amerikalik va kanadaliklar globalistik siyosiy tuzilma tashlagan miya suyagini bajonidil g‘ajishga kirishib ketishdi.
Va mana endi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Vashingtondan bir kun avval Jo Bayden tomonidan yuborilgan (“Rossiya yana yomon niyatda bo‘lsa "Shimoliy oqim 2" sodir bo‘lmaydi”) signalni qo‘lga olib, "Rossiya gazidan to‘liq voz kechish" mumkinligi haqida gapirishni boshladi.
To‘g‘ri, bu tahdidlar, chiqishlar “Rossiyaga qanday qilib birgalikda qarshilik ko‘rsatish” naqorotlarni ijro etish bilan birga piar va OAVning shov-shuvlaridan narog‘iga o‘tmaydi. Hozircha bularning bari shunchaki gap, shunchaki havonining larzaga kelishi xolos.
Biroq vektor noaniq.
Biz “sivilizatsiyalashgan dunyo” bermoqchi bo‘lgan zarbaga javob bera olamiz. Bizda buning uchun motivatsiya ham, kuch ham va javob bera olishimizga bo‘lgan ishonch ham bor.
Bunday vaziyatda faqat siyosiy avanturistlarning garoviga aylangan oddiy yevropaliklargagina achinadi kishi.
Globalistlarni rozi qilish uchun isbotlab bo‘lmaydigan narsalarni isbotlashga urinayotgan o‘sha komediyachilarga endi hatto ispancha uyat bilan ham qarab bo‘lmaydi. "Rossiyani geosiyosiy ushlab turish" deb ataladigan ushbu shapitoning qanchalar ish berayotganiga kelsak, faqat bir narsani aytish mumkin: "Endi zerikarli, qizlar!".
Yangiliklar lentasi
0