Dunyoda

Dariga Nazarboyeva isteʼfoga chiqishi kerak - “Nur Otan” deputati

© Sputnik/Vladislav VodnevDariga Nazarbayeva
Dariga Nazarbayeva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.02.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Dariga Nazarboyeva isteʼfoga chiqishi kerak - hukmron partiya “Nur Otan” deputati Aydos Sarim.
Dariga Nazarboyeva isteʼfoga chiqishi kerak, dedi hukmron partiya “Nur Otan” deputati Aydos Sarim
“Inson, fuqaro sifatida u (Dariga Nazarboyeva) oʻz lavozimini tark etishi kerak”, — dedi parlament deputati Aydos Sarim.
Uning fikriga koʻra, Qozogʻistondagi yanvar voqealari bevosita uning nomi bilan bogʻliq.
Shu bilan birga, Nazarboyev "har qanday holatda ham Qozogʻiston tarixida qoladi" va uning roli oʻzgarmaydi.
Dariga Nazarboyeva yanvar oyi boshidan beri parlament majlislariga kelmayapti.
Fevral boshida u hamon maosh toʻlanmaydigan taʼtilda ekanligi, Nur-Sultonda koronavirusdan soʻng hozirda sogʻligʻini tiklayotgani haqida xabar berilgandi.
Nazarboyeva parlamentda Iqtisodiy islohotlar va mintaqaviy rivojlanish qoʻmitasi aʼzosi lavozimida ishlaydi.
Yangiliklar lentasi
0