Jamiyat

Nanotexnologiya va dronlar: Oʻzbekiston va Rossiya qanday startaplarni rivojlantirmoqda?

© AFP 2022 / Behrouz MehriRobot vo vremya rabotы v restorane Dawn Cafe v Tokio
Robot vo vremya rabotы v restorane  Dawn Cafe v Tokio  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi ish oʻrinlari, shuningdek, oʻsimtalarga toʻgʻri va aniq tashxis qoʻyish, favqulodda vaziyatlar joyidan maʼlumot toʻplashda yordam beradigan innovatsiyalar: Oʻzbekiston va Rossiya olimlarining loyihalari haqida – batafsil materialimizda oʻqing.
Innovatsion rivojlanish vazirligi Fan va innovatsiyalar boʻyicha 2017-2021 yillar faoliyati yakunlari boʻyicha Milliy hisobotni taqdim etdi. Hujjat bandlaridan biri startap sohasida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi hamkorlikdir.

Minglab ish oʻrinlari

"Startap" atamasi jahon iqtisodiyotida 1976 yilda paydo boʻlgan. Bu maʼlum bir gʻoyaga asoslangan va rivojlantirish uchun mablagʻ talab qiladigan tijorat loyihasini anglatadi. Bugungi kunga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligi 139 ta startap loyihalarini moliyalashtirgan. Bular sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari, qishloq xoʻjaligi, transport energetikasi, qurilish, oziq-ovqat sohasidagi loyihalardir.
Vazirlikning taʼkidlashicha, startaplarga yoshlar alohida qiziqish bildirmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, 50% biznes gʻoyalar yosh tadbirkorlar tomonidan taklif qilingan.
"Barcha startaplarning umumiy qiymati 91,1 milliard soʻmni tashkil etdi. Natijada 1100 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi", - deydi Innovatsion rivojlanish vazirligi Startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Azizbek Ilhomov Sputnik muxbiriga.
© Foto iz arxiva Azizbeka IlxamovaAzizbek Ilxamov
Azizbek Ilxamov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2022
Azizbek Ilxamov

Sogʻliqni saqlashtizimini rivojlantirib

139 ta startaplar orasida oʻzbekistonlik yosh olimlarning rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda ishlab chiqayotgan bir qancha loyihalari ham bor. Masalan, Innovatsion rivojlanish vazirligi Rossiya innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlar birgalikda ikkita xalqaro tanlov oʻtkazgan. Natijada toʻrtta startapga umumiy qiymati qariyb 4 milliard soʻm ajratilgan.
Startaplarning ikkitasi sogʻliqni saqlash, uchinchisi axborot texnologiyalari, toʻrtinchisi esa kimyo texnologiyalari sohalariga oid.
Sogʻliqni saqlash bilan bogʻliq biznes gʻoyalar haqida gapiradigan boʻlsak, bitta loyiha Rossiyaning “Gammatex” kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Ushbu kompaniya radiofarmatsevtik uskunalarni yetkazib berish va texnik xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi. Uskunalar shifokorlarga har xil oʻsimtalar xususiyatlari haqida batafsil maʼlumot olishga yordam beradi.
Oʻzbekiston startapi Germaniya-68 (Ge-68) kimyoviy elementini ishlab chiqarish bilan bogʻliq. Ushbu elementga butun dunyoda hozir ishlab chiqarilayotganiga qaraganda ikki baravar talab yuqori. Gap shundaki, bu moddadan pozitron emissiya tomografiyasi (PET) yordamida onkologik kasalliklarga tashxis qoʻyishda qoʻllaniladi.
“Hozirda loyiha mualliflari Germaniya-68 ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etish ustida ishlamoqda. 2023-yilga borib loyiha oʻzini-oʻzi taʼminlaydigan boʻladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Dronlar yordam beradi

Yana bir qiziqarli startap - bu mobil monitoring kompleksi boʻlib, dronlar va GIS texnologiyalaridan foydalangan holda monitoring, vaziyatni tahlil qilish va borish qiyin boʻlgan obʼyektlarni ogohlantirish uchun moʻljallangan texnologiyani anglatadi.
Geografik axborot tizimi (GIS) fazoviy maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash, modellashtirish va tahlil qilish bilan shugʻullanadi. Oʻzbekistonlik dasturchilar mazkur loyihani 1990 yildan buyon ushbu yoʻnalishda ishlab kelayotgan Rossiyaning “INKOM” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqmoqda.
“Mazkur texnologiya favqulodda vaziyat sodir boʻlgan joylardan tezkor maʼlumotlarni taqdim eta oladigan maxsus dron tomonidan qoʻllaniladi. Bundan tashqari, u chegara zonasini nazorat qila oladi”, deyiladi loyiha maʼlumotnomasida.
MDH mamlakatlari miqyosida startaplar innovatsionligi nimada? Dron barcha xavfsizlik xizmatlariga, jumladan, oʻt oʻchiruvchilariva chegara qoʻshinlarigaham maksimal tezkorlikda maʼlumot beradi, Rossiyada esa hamon bunday dronlar faqat oʻt oʻchiruvchilar tomonidan qoʻllaniladi, deydi Azizbek Ilhomov.
© Foto iz arxiva Azizbeka IlxamovaAzizbek Ilxamov
Azizbek Ilxamov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2022
Azizbek Ilxamov

Yashnobod texnoparki va Skolkovo

2020 yilda Oʻzbekistonning 25 ta startap kompaniyalari Moskvada “Skolkovo” innovatsion markazi tomonidan oʻtkazilayotgan “Softlending” dasturida ishtirok etdi. Oʻzbekiston tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, IT-texnologiyalar, energetik samaradorlik va sanoat texnologiyalari sohasidagi loyihalarini taqdim etdi.
“Softlending”ning maqsadi kichik va oʻrta kompaniyalarga Rossiya bozorida muvaffaqiyatga erishishga yordam berish. Yashnobod texnoparki jamoasi tomonidan tashkil etilgan nanotexnologiyalar yoʻnalishidagi startap dastur gʻolibi deb topildi.
Loyihaga yosh muhandis Sulton Obidov rahbarlik qiladi. Darvoqe, bu yil Sulton Obidov “Yil talabasi” ham boʻldi. Sulton I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Elektronika va avtomatlashtirish” yoʻnalishida tahsil oladi.
© Foto iz arxiva Sultana AbidovaSultan Abidov
Sultan Abidov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2022
Sultan Abidov
“Skolkovo istiqbollarva imkoniyatlarni ochadi. Xususan, u yerda koʻrsatilgan imtiyozlar, – deydi Sulton Obidov. - Agar loyiha rezidentga aylansa (Skolkovo rezidenti innovatsion faoliyat bilan shugʻullanadigan kompaniya boʻlib, shu sababli soliq imtiyozlarini oladi - Sputnik), boshlangʻich bosqichda tijorat xarajatlari uchun 5 million rublgacha mablagʻ ajratiladi. Shuningdek u yerda sizning ish oʻrningiz paydo boʻlishi mumkin. Chunki u yerda butun shahar oʻziga xos infratuzilmaga ega. U yerda maktab, bolalar bogʻchasi, yaʼni oilaviy yashash uchun barcha sharoitlar bor".
Bunday loyihalar oʻzbekistonlik dasturchilar uchun katta ahamiyatga ega, – deydi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi axborot - kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshligʻi Denis Yelkin.
© Foto iz arxiva Denisa YelkinaDenis Yelkin
Denis Yelkin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2022
Denis Yelkin
“Bularning barchasi, albatta, startaplarning oldinga intilishi, rivojlanishi va tijoriy muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradi”, deydi Yelkin.

Xalqaro eʼtirof

Darvoqe, Sulton Obidov boshchiligidagi jamoa chindan ham jadallik bilan rivojlanmoqda – muhandislar bir nechta qurilmalarni ham ishlab chiqishgan.
Ulardan biri xona haroratida bolalar oʻyinchoqlari, hujjatlar, pullar, poyabzallar, mahsulotlarni yoqimsiz hidlardan xalos qilishga yordam beradi.
"Ishlash printsipi ultrabinafsha va ozonsiz katalitik nanofiltrdan foydalanishga asoslangan. Filtr kunduzgi yorugʻda faollashadi, bakteriyalarning 99,9% ni ushlab turadi va yoʻq qiladi. Bizning ish stoli havo tozalagichimiz va dezinfektorimiz xuddi shunday ishlaydi. Darvoqe, Toshkentdagi 12 ta maktabda shunday qurilmamiz bor”, - deydi Sulton Obidov.
Shuningdek, qahramonimizning qoʻshimcha qilishicha, qurilmalar Janubiy Koreya laboratoriyalari va Oʻzbekistondagi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazida sinovdan oʻtkazilgan.
Jamoaga allaqachon Skolkovoda yashash taklifi kelgan, deydi Sulton Abidov. Hozir muhandislar hujjatlarni tayyorlashyapti va asta-sekin Rossiya va MDH bozorlariga chiqishni rejalashtirishmoqda.
Ungacha jamoa ozarbayjonlik hamkasblari bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Bokulik ishlab chiquvchilar oʻz mahsulotlarini qoʻshma korxona asosida yigʻishni tashkil qiladi.
Oʻzbekistonda startaplar katta muvaffaqiyatlarga erishyapti va Innovatsion vazirligi taʼkidlaganidek, endi mamlakatda startap loyihalar toʻgʻrisidagi qonun zarur.
"Bir qator meʼyoriy hujjatlarda "startap" atamasi qoʻllaniladi, ammo uning yaxlit taʼrifi yoʻq. Shu bois ushbu muammoni hal qiluvchi va startap tushunchasini belgilab beruvchi “Startaplar toʻgʻrisida”gi qonunni ishlab chiqish zarur”, — deyiladi vazirlik hisobotida.
“Qolaversa, hujjat ushbu subʼyektlar sinfini shakllantirishga yordam beradi”, - ishonch bilan taʼkidlaydi Azizbek Ilhomov. Uning fikricha, qonunning qabul qilinishi huquqiy, tashkiliy va investitsiya sohalarida startap loyihalar uchun ham istiqbollarni kengaytiradi.
Yangiliklar lentasi
0