Oltin uchun 200 ming $: o‘zbek sportchilariga beriladigan mukofotlar miqdori ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishZolotaya medal Olimpiadi 2016
Zolotaya medal Olimpiadi 2016 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbek sportchilari rag‘batlantiriladigan pul mukofotlari miqdori ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi.
2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
🥇 oltin medal uchun – 200 000 AQSh dollari;
🥈 kumush medal uchun – 100 000 AQSh dollari;
🥉 bronza medal uchun – 50 000 AQSh dollari;
Xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Yangiliklar lentasi
0