Toshkent markazidagi yo‘lning bir qismi yopilishi mumkin

© pixabay.com/suwichanConstruction road asphault work transportation
Construction road asphault work transportation - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2022
Obuna bo‘lish
Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasi bo‘ylab veloyo‘lak barpo etiladi. Shu sabab qatnov qismining bitta yo‘lagi qisman yopilishi mumkin.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasida veloyo‘lak tashkil etish ishlari boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’mirlash ishlari jarayonida qatnov qismining bitta yo‘lagi qisman yopilishi mumkin.
© Foto: Press-slujba xokimiyata TashkentaNa ulitse Babura nachato stroitelstvo velodorojki
Na ulitse Babura nachato stroitelstvo velodorojki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2022
Na ulitse Babura nachato stroitelstvo velodorojki
Rejaga muvofiq, Islom Karimov va Bobur ko‘chasi kesishmasidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur va Nukus ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan oraliqda veloyo‘lak barpo etiladi.
Shuningdek, avtomobillar qatnov qismining o‘rtasida bordurlar bilan mustahkamlangan yashil maydonlar tashkil qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0