Video

Rossiya-Belarus qoʻshma mashqlaridan harbiy texnika qaytmoqda - video

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya Mudofaa vazirligi mashgʻulotlardan harbiy texnikaning qaytarilishi aks etgan kadrlarni eʼlon qildi.
Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Igor Konashenkovning maʼlum qilishicha, Rossiya qoʻshinlarining bir qismi Belorussiya bilan " Ittifoqchilar qatʼiyati-2022" qoʻshma mashgʻulotlaridan soʻng doimiy joylashuv joylariga qaytmoqda.
"Janubiy va Gʻarbiy harbiy okrug boʻlinmalari oʻz vazifalarini bajarib, temir yoʻl va avtomobil transportiga yuklashni boshladilar va bugundan boshlab ular oʻz harbiy garnizonlariga oʻtishni boshlaydilar. Alohida boʻlinmalar harbiy kolonnalar tarkibida marsh yurishini amalga oshiradi", - deyilgan xabarda.
Kuni kecha prezident Vladimir Putin tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va mudofaa vaziri Sershey Shoygu bilan uchrashuv oʻtkazdi. Ular Rossiya va Belarusning harbiy manevrlarini, shuningdek, xavfsizlik kafolatlari boʻyicha muzokaralarning borishini muhokama qildilar.
Bugun Rossiya mudofaa vazirligi temir yoʻl platformalariga texnikaning bir qismini yuklash tasvirlangan videolarni namoyish etdi. Videoda tanklar, piyoda askarlarning jangovar mashinalari va oʻziyurar artilleriya moslamalari, shuningdek modernizatsiya qilingan T-72B3 kolonnasi harakati aks etgan.
Boʻlinmalarning bir qismi Belarus hududida qolmoqda: bu Sharqiy harbiy okrugi va Havo-desant kuchlari qoʻshinlari.
10 fevralda Rossiya-Belarus manevralari boshlandi. Ittifoq davlatining qoʻshinlarini sinovdan oʻtkazishning ikkinchi bosqichini amalga oshirish, mashqlar 20 fevralgacha davom etadi. Maqsad - tashqi tajovuz va terroristik hujumlarni qaytarish mashqlarini bajarish.
Yangiliklar lentasi
0