Jamiyat

Madaniy meros obʼyektlariga zarar yetkazganlar 7 yilgacha qamalishi mumkin

© SputnikDostoprimechatelnosti v Buxare
Dostoprimechatelnosti v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston Jinoyat kodeksiga tegishli oʻzgartirish kiritildi.
TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda madaniy meros obʼyektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Tegishli qonunga prezident imzo chekdi.
Yangi qonun bilan Jinoyat kodeksining 132-moddasiga oʻzgartirish kiritildi.
Unga koʻra, davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obʼyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish:
takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanishi mumkin.
Oʻsha harakatlar juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilsa, 7 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.
Madaniy meros obʼyektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Uni sodir etgan fuqarolar BHMning 3 baravarigacha (810 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslar esa 5 baravarigacha (1 mln 350 ming soʻmgacha) miqdorda jarima tortilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0