Ertaga Putin boshchiligida yadroviy triada mashqlari o‘tkaziladi: ballistik raketalar otiladi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPusk ballisticheskoy raketi
Pusk ballisticheskoy raketi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2022
Obuna bo‘lish
Ertaga strategik qo‘shinlari mashqlari o‘tkaziladi: unda ballistik va qanotli raketalarni uchiriladi.
Ertaga, 19-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshchiligida strategik qo‘shinlarining reja asosida belgilangan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, ular davomida ballistik va qanotli raketalar uchiriladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Mashg‘ulotlarga Havo-kosmik qo‘shinlar, Janubiy harbiy okrug, Strategik raketa qo‘shinlari, Shimoliy va Qora dengiz flotlari kuch va vositalari jalb etilgan.
Strategik qo‘shinlarining mashg‘ulotlari avvalroq harbiy qo‘mondonlik va nazorat organlari, jangovar ekipajlar, harbiy kemalar ekipajlari va strategik raketa tashuvchilarning belgilangan vazifalarni bajarishga tayyorligini, shuningdek, strategik yadroviy va yadroviy bo‘lmagan qurollarning ishonchliligini sinash uchun rejalashtirilgandi
Yangiliklar lentasi
0