https://sputniknews-uz.com/20220219/yadroviy-triada-putin-strategik-kuchlarning-mashqlariga-start-berdi-22843648.html
Yadroviy triada: Putin strategik kuchlarning mashqlariga start berdi
Yadroviy triada: Putin strategik kuchlarning mashqlariga start berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadroviy uchlik kuchlari ishtirokidagi mashgʻulotlarni boshladi, deb maʼlum qildi RIA Novosti agentligiga prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
2022-02-19T15:45+0500
2022-02-19T15:45+0500
2022-02-19T16:17+0500
rossiya
vladimir putin
aleksandr lukashenko
rossiya
belarus
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/13/22844331_0:97:2593:1556_1920x0_80_0_0_cb3a0add53943d61aa710e30c485537c.jpg
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadroviy uchlik kuchlari ishtirokidagi mashgʻulotlarni boshladi, deb maʼlum qildi RIA Novosti agentligiga prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bu manevrlar reja asosida amalga oshirilmoqda. Ularda Havo-kosmik kuchlar, Janubiy harbiy okrug, strategik raketa qoʻshinlari, Shimoliy va Qora dengiz flotlari kuch va vositalari ishtirok etmoqda.Strategik qoʻshinlarining mashgʻulotlari avvalroq harbiy qoʻmondonlik va nazorat organlari, jangovar ekipajlar, harbiy kemalar ekipajlari va strategik raketa tashuvchilarning belgilangan vazifalarni bajarishga tayyorligini, shuningdek, strategik yadroviy va yadroviy boʻlmagan qurollarning ishonchliligini sinash uchun rejalashtirilgandi.Ayni paytda Rossiyada qoʻshinlar va kuchlarni tezkor tayyorlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar davom etmoqda. Ularda deyarli barcha harbiy okruglar, flot va havo-desant kuchlari qatnashmoqda. Bundan tashqari, Belarus hududida Rossiya-Belarus “Ittifoqchilar qatʼiyati-2022” qoʻshma mashqlari oʻtkazilmoqda.
rossiya
rossiya
belarus
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/13/22844331_195:0:2398:1652_1920x0_80_0_0_67e8b60dd99022f9e6d0dc306fbf3721.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
vladimir putin, aleksandr lukashenko, rossiya, belarus
Yadroviy triada: Putin strategik kuchlarning mashqlariga start berdi
15:45 19.02.2022 (yangilandi: 16:17 19.02.2022) Putin va Lukashenko ballistik raketalarning uchirilishini kuzatmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadroviy uchlik kuchlari ishtirokidagi mashgʻulotlarni boshladi, deb maʼlum qildi RIA Novosti agentligiga prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Rossiya rahbari belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan birgalikda vaziyat markazidan ballistik raketalarning uchirilishini kuzatmoqda.
Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bu manevrlar reja asosida amalga oshirilmoqda. Ularda Havo-kosmik kuchlar, Janubiy harbiy okrug, strategik raketa qoʻshinlari, Shimoliy va Qora dengiz flotlari kuch va vositalari ishtirok etmoqda.
Strategik qoʻshinlarining mashgʻulotlari avvalroq harbiy qoʻmondonlik va nazorat organlari, jangovar ekipajlar, harbiy kemalar ekipajlari va strategik raketa tashuvchilarning belgilangan vazifalarni bajarishga tayyorligini, shuningdek, strategik yadroviy va yadroviy boʻlmagan qurollarning ishonchliligini sinash uchun rejalashtirilgandi.
Ayni paytda Rossiyada qoʻshinlar va kuchlarni tezkor tayyorlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar davom etmoqda. Ularda deyarli barcha harbiy okruglar, flot va havo-desant kuchlari qatnashmoqda. Bundan tashqari, Belarus hududida Rossiya-Belarus “Ittifoqchilar qatʼiyati-2022” qoʻshma mashqlari oʻtkazilmoqda.