Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Qaysi mahsulotlarni muzlatgichda saqlash mumkin emas?

© Depositphotos / AndreyPopovDevushka u xolodilnika
Devushka u xolodilnika - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
WeChat: muzlatgichda ziravorlar, tropik mevalar va tuzlangan sabzavotlarni saqlash mumkin emas.
Xitoyning WeChat portali foydalanuvchisi muzlatgichda saqlash mumkin boʻlmagan mahsulotlarni sanab oʻtdi.
Unga koʻra, koʻpchilik muzlatgichni xuddi barcha narsani saqlasa boʻladigan shkaf deb oʻylaydi. Biroq, bunday qilish salomatlik uchun zararli boʻlishi mumkin.
Birinchidan, muzlatgichda turli ziravorlarni saqlash mumkin emas. Masalan, badyan va qalampir ziravorlari muzlatgichda saqlanganda namiqadi. Natijada ularda aflotoksin kabi jigar kasalliklarini keltirib chiqaruvchi modda ajralib chiqadi.
Shuningdek, tropik mevalarni ham muzlatgichda saqlash zararli. Misol uchun banan, lichi yoki yana boshqa tropik mevalar sovuq haroratda nafaqat chiriydi, balki bunday sharoitda ularda turli bakteriyalar va aflotoksinlar ham koʻpayadi.
Lapsha-lagʻmon mahsulotlarini ham muzlatgichda saqlash mumkin emas.
“Oʻzingiz uyda tayyorlagan lagʻmon uzogʻi bilan ikki-uch kun saqlanishi mumkin. Umuman olganda, salomatlik uchun zararli boʻlishi mumkin”, - deyiladi xabarda.
Xususan, tuzlangan sabzavotlarni ham muzlatgichda saqlash tavsiya qilinmaydi. Bundan tashqari, shifobaxsh oʻtlarni ham u yerda saqlamagan maʼqul. Chunki uzoq muddat oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga saqlanganda oʻsimliklarga namlik va bakteriyalar oʻtishi mumkin. Bu esa oʻsimliklarning barcha foydali xususiyatlarini yoʻqotadi.
Yangiliklar lentasi
0