Xaridlardan qaytadigan keshbek oy oxirida to‘lab beriladi

© Foto: GNK UzbekistanaKeshbek za pokupki
Keshbek za pokupki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2022
Obuna bo‘lish
DSQ: yanvar oyidagi xaridlardan qaytadigan 1 foizlik keshbek fevral oxirida to‘lab beriladi.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Yanvar oyida amalga oshirilgan va “Soliq” ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xaridlardan qaytadigan 1 foizlik keshbek 21−25 fevral kunlari to‘lab beriladi. Mos ravishda fevral xaridlari uchun keshbek mart oyining xuddi shu sanalarida to‘lanadi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
2022 yil 1-yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida xarid qilib, xarid chekini mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi qaytariladi.
“Sotib olingan tovarlar qaytarilganda tadbirkorlik subyektlarida xarid cheklariga tuzatish kiritish imkoniyati mavjudligini va ular tomonidan soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlari hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasigacha etib belgilanganini inobatga olgan holda keshbek summasi 21-25-sanalarda qaytarilishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid:

O‘zbekistonliklar xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazib, qancha pul ishlab olishdi
O‘zbekistonda xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazganlarga xarid summasining 1 foizi qaytariladi
Texnik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari 11 mlrd so‘mlik keshbekni noqonuniy olgan - DSQ
Yangiliklar lentasi
0