Saudiya Arabistonidan 2 nafar o‘zbekistonlik “deport” qilindi

© REUTERS / Saudi Ministry of MediaPalomniki v meditsinskix maskax i s chemodanami napravlyayutsya v Mekku
Palomniki v meditsinskix maskax i s chemodanami napravlyayutsya v Mekku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2022
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistonidan 2 nafar o‘zbekistonlik “deport” qilindi
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Saudiya Arabistonidan 2 nafar o‘zbekistonlik “deport” qilindi, deb xabar qildi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
Xabarda yozilishicha, joriy Umra mavsumida Madina aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik ziyoratchi Saudiya Arabistoni Chegara xavfsizlik xizmati tomonidan to‘xtatib qolindi va ularda mamlakatga kirishga ta’qiq borligi aniqlandi.
“Ma’lum bo‘lishicha, ikki nafar fuqaro Qirg‘iziston Respublikasining qalbaki pasporti bilan 2019-yil Umra safariga borib kelgan. Saudiya Arabistonidan chiqish vaqtida Saudiya qonunlarini buzgani uchun mamlakat chegara xavfsizlik xizmati tomonidan ularga nisbatan mamlakatga kirish uchun 10-yil muddatga ta’qiq belgilangan. Shu bois, ushbu fuqarolar podshohlikka kiritilmadi. Hozirda ularni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. <...>
Mazkur ikki fuqaro avvalo o‘zlarini muborak haj va umra amallarini ado etish baxtidan mosuvo etdilar, qolaversa ziyoratchilarimizga ajratilgan ikki o‘rinni behuda ketishiga sababchi bo‘ldilar”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0