Rossiya

LXR va DXR: Rossiya Davlat Dumasi shartnomalarni ratifikatsiya qildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka oʻtishGosudarstvennaya Duma RF
Gosudarstvennaya Duma RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya Davlat Dumasi LXR va DXR bilan doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalarni ratifikatsiya qildi
Davlat dumasi deputatlari yalpi majlisda Donetsk va Lugansk xalq respublikalari bilan doʻstlik, hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilishdi.
Rossiya LXR va DXRni respublikalar rahbariyati oʻz vakolatlarini amalga oshirayotgan chegaralar doirasida tan olinadi, deb taʼkidladi mamlakat TIV.
Kuni kecha Rossiya prezident Vladimir Putin DXR va LXR mustaqilligini tan olish toʻgʻrisidagi farmonlarni imzoladi, shuningdek, respublikalarda tinchlikni saqlashni taʼminlash boʻyicha koʻrsatma berdi. Bu qaror BMT Nizomi qoidalari asosida qabul qilingan, deb taʼkidlandi Rossiya TIVda.
Soʻnggi kunlarda Donbassdagi vaziyat keskinlashdi - Kiyev armiyaning katta qismini toʻqnashuv chizigʻida toʻpladi va muntazam ravishda koʻngilli askarga, jumladan, taqiqlangan texnikadan foydalangan holda oʻqqa tutdi. Ukrainaning oʻzini oʻzi mustaqil deb eʼlon qilgan respublikalarga bostirib kirishi xavfi tufayli ayollar, bolalar va qariyalarni evakuatsiya qilishni Rossiya viloyatlariga boshladi. Umumiy safarbarlik eʼlon qilindi.
Ukraina sharqidagi mojaro 8 yildan beri davom etmoqda, BMT maʼlumotlariga koʻra, bu vaqt ichida 13 mingdan ortiq odam qurbon boʻldi, 44 mingga yaqin kishi jarohatlandi. Donbassdagi keskinlikni AQSH va boshqa NATO davlatlari qoʻllab-quvvatlamoqda, ular Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib, u yerga harbiy instruktorlar yubormoqda. Moskva bir necha bor qurol yetkazib berishni toʻxtatishga chaqirgandi, chunki bu Kiyevni qaltis harbiy ishlarga undashi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0