Iqtisod

OTB Oʻzbekistonga avtomobil yoʻllarni taʼmirlash uchun 273,8 mln dollar ajratadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGorы pri vʼyezde v Sherabad
Gorы pri vʼyezde v Sherabad - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bu pullar mamlakatdagi mintaqaviy aloqalar uchun muhim boʻlgan milliy yoʻllarni rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish uchun sarflanadi.
TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Oʻzbekistondagi mintaqaviy aloqalar uchun muhim boʻlgan milliy yoʻllarni rekonstruktsiya qilish va modernizatsiya qilish uchun 273,85 million dollar miqdorida kredit ajratishni maʼqulladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
OTB mablagʻlari bilan Surxondaryo viloyatidagi Darband-Denov yoʻlining 106 kilometri yangilanadi. Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu (A380) avtomobil yoʻlining qariyb 87 kilometri rekonstruktsiya qilinadi.
Loyiha kam texnik xizmat koʻrsatilgan beton qoplamali yoʻllarni kengaytiradi va ularning holatini yaxshilaydi, sayohat vaqtini va transport vositalarini ishlatish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
Shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligi taʼminlanadi, yoʻl belgilari yangilanadi. Darband va Denov shaharlari yaqinida yoʻl qismidagi yukni kamaytirishga yordam beradigan harakatda tortish tizimlari oʻrnatiladi.
Oʻzbekistonliklar yoʻllardagi muammolar ustidan maxsus portalga shikoyat qilishlari mumkin
Loyiha moliyaviy savodxonlik, onlayn marketing va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha koʻnikmalarni oʻrgatish orqali loyiha jamoalaridagi tadbirkor ayollarning COVID-19 pandemiyasining salbiy taʼsiridan iqtisodiy tiklanishini qoʻllab-quvvatlash uchun 150 ming dollar miqdoridagi texnik yordam grantini oʻz ichiga oladi.
Yangiliklar lentasi
0