“Sovkombank” “O‘zagroeksportbank”ni 4 mln dollarga sotib oldi

© Foto: informatsionnaya slujba Agentstva po upravleniyu gosudarstvennimi aktivami Respubliki UzbekistanPAO “Sovkombank” (Rossiyskaya Federatsiya) pokupayet 100% gosudarstvennogo paketa aksiy AKB “Uzagroeksportbank”
PAO “Sovkombank” (Rossiyskaya Federatsiya) pokupayet 100% gosudarstvennogo paketa aksiy AKB “Uzagroeksportbank”  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Obuna bo‘lish
"O‘zagroeksportbank" davlat aksiya paketini sotib olish bo‘yicha jami 4 ta talabgorlar qiziqish bildirilgan.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Rossiyaning “Sovkombank”i “O‘zagroeksportbank”ning 100 foiz davlat aksiya paketini 4 million dollarga sotib oldi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kelishuv raqobatga asoslangan ommaviy oshkora tanlov asosida "O‘zagroeksportbank" faoliyati tahlili (due diligence) natijalariga ko‘ra imzolangan. Konsultant sifatida “Grant Thornton” va baholash uchun “KPMG” xalqaro kompaniyalari jalb etilgan.

Jami 4 ta talabgorlar sotib olishga qiziqish bildirilgan. Har bir talabgorga bankka oid moliyaviy, huquqiy, tashkiliy va soliq ma’lumotlari bilan tanishish uchun virtual ma’lumotlar xonasiga kirish, bank menejmenti va xususiylashtirish bo‘yicha konsultantga savollar berish, bankka tashrif buyurgan holda o‘rganish imkoniyati yaratilgan.
“Sovkombank” nomzodi bevosita bank faoliyati bilan shug‘ullanishi, mamlakatga xorijiy investitsiya bilan birgalikda chet el banki tajribasi, zamonaviy moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarni joriy qilish kabi talablarga javob bera olishi sabab tanlangan.
“O‘zagroeksportbank” ATB 2017-yilda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda eksport qiluvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Bank bosh ofisi Toshkent shahrida joylashgan. 2021-yil yakunlariga ko‘ra, bank aktivlari 69 mlrd so‘mdan ko‘proqni tashkil etgan.
“Sovkombank” OAJ aktivlari bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining eng yirik o‘ntaligiga kiradigan universal bank. 2021-yil 30-sentabr holatiga ko‘ra, bank aktivlari 1,9 trln rublni, kapital 224 mlrd rublni tashkil etgan.
Yangiliklar lentasi
0