Iqtisod

YEOII: Oʻzbekiston temir yoʻl va avto transportda yoʻlovchilarni tashishni tiklashni taklif qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVokzal "Tashkent-Yujnыy" posle rekonstruktsii
Vokzal Tashkent-Yujnыy posle rekonstruktsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov temir yoʻl va avtotransportda yoʻlovchi tashishni tiklashni taklif qildi.
Bugun Nur-Sulton shahrida boʻlib oʻtgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov temir yoʻl va avtotransportda yoʻlovchi tashishni tiklashni taklif qildi.

“Dunyoda epidemiologik vaziyatning barqarorlashuvi kuzatilayotgani va mamlakatimizda aholini emlash ishlari olib borilayotganini hisobga olib, temir yoʻl va avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashishni qayta tiklash vaqti keldi, deb hisoblaymiz”, - dedi Oʻzbekiston bosh vaziri.

Uning taʼkidlashicha, 2025-yilgacha Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasining strategiyasi transport infratuzilmasini, jumladan, YEOIIni “Bitta belbogʻ, bitta yoʻl” tashabbusi bilan bogʻlash doirasida rivojlantirishni nazarda tutadi.
“Shu nuqtai nazardan “Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishi loyihasini real amalga oshirish mintaqaviy transport tarmogʻining muhim boʻgʻiniga aylanishi mumkin”, - deb qoʻshimcha qildi Aripov.
Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov na pandemiya qiyinchiliklari na salbiy oqibatlari respublika va YEOII davlatlari oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmining oʻsishini toʻxtata olmaganini taʼkidladi.
2021 yil oxirida u 30 foizga oshdi va qariyb 13 milliard dollarni tashkil qildi.
“Tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish maqsadida sanitariya, fitosanitariya va veterinariya talablarini texnik jihatdan tartibga solish normalarini uygʻunlashtirish va oʻzaro eʼtirof etish boʻyicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish zarur”, — deb qoʻshimcha qildi Aripov.
YEOII aʼzolari - Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Belarus va Armaniston. Kuzatuvchi-davlatlar – Oʻzbekiston, Moldova, Kuba.
Oʻzbekiston barcha ochiq tadbirlarda va muhokamalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega, bu esa bu ittifoqqa keyingi integratsiya toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilishga imkon beradi.
Yangiliklar lentasi
0