Iqtisod

Oʻzbekiston YEOIIning ayrim loyihalarida ishtirok etadi

© Sputnik / Mediabankka oʻtishFlagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze
Flagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston YEOII iqlim, raqamlashtirish va logistika loyihalariga qoʻshilmoqchi.
Oʻzbekiston YEOII iqlim, raqamlashtirish va logistika loyihalariga qoʻshilmoqchi.
Bu haqda Nur-Sulton shahrida boʻlib oʻtgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan yigʻilishida mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov maʼlum qildi.
“Hurmatli hamkasblardan bugungi yigʻilishda koʻrib chiqilgan elektron tijoratni rivojlantirish, temir yoʻl yuklarini raqamlashtirish, “Yevroosiyo ekspress” logistika loyihasi va iqlim masalalari boʻyicha hamkorlik kabi tashabbuslarda Oʻzbekiston ishtirokini maʼqullashni soʻrayman”, — dedi Aripov.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan YEOII davlatlari rahbarlarining sammitida Yevroosiyo hududida muhim biznes tashabbus va dasturlarini amalga oshirishda kuzatuvchi-davlatlarni faolroq jalb etish hamda YEOI komissiyasi organlarida kuzatuvchi davlatlarning ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish takliflarini bildirgandi.
24-25 fevral kunlari Nur-Sultonda boʻlib oʻtgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yakunlari boʻyicha imzolangan hujjatlar roʻyxati eʼlon qilindi. Sputnik Qozogʻiston.
Ulardan biri - “Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining ayrim tashabbuslarida ishtirok etishi toʻgʻrisida”gi masala boʻyicha koʻrsatma.
“Biz Oʻzbekiston Respublikasining kuzatuvchi-davlat maqomini hisobga olgan holda YEOIIning alohida loyihalar boʻyicha ishida ishtirok etish tashabbusini koʻrib chiqdik”, - dedi Qirgʻiziston bosh vaziri Oqilbek Japarov Yevroosiyo hamkorligi yigʻilishi yakunlari boʻyicha matbuotga bergan intervyusida.
Ayni vaqtda YEOII aʼzolari - Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Belarus va Armaniston. Kuzatuvchi-davlatlar – Oʻzbekiston, Moldova, Kuba.
Oʻzbekiston barcha ochiq tadbirlarda va muhokamalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega, bu esa bu ittifoqqa keyingi integratsiya toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilishga imkon beradi.
Yangiliklar lentasi
0