Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Davlat dumasi deputati G‘arbning ehtimoliy sanksiyalarini o‘g‘rilikka qiyosladi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishPredsedatel komiteta Gosudarstvennoy Dumi Rossii po finansovomu rinku Anatoliy Aksakov na Yaltinskom mejdunarodnom ekonomicheskom forume v Krimu
Predsedatel komiteta Gosudarstvennoy Dumi Rossii po finansovomu rinku Anatoliy Aksakov na Yaltinskom mejdunarodnom ekonomicheskom forume v Krimu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2022
Obuna bo‘lish
Avvalroq Yevropa komissiyasi rahbari YeI, AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada Rossiya Markaziy banki aktivlarini muzlatib qo‘yishlarini aytgan edi.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. G‘arb Rossiyaning xalqaro zaxiralariga sanksiya qo‘llash bilan tahdid qilmoqda, lekin bu amalda o‘g‘rilik bo‘ladi.
Rossiya Davlat dumasining moliya bozori bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Anatoliy Aksakov shunday fikr bildirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Avvalroq Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada Rossiya Markaziy bankining aktivlarini muzlatib qo‘yishini ma’lum qilgandi.
Amerika ma’muriyati vakili esa Rossiya Markaziy bankiga qarshi u rublni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z zaxiralaridan foydalana olmasligiga qaratilgan sanksiyalarni qo‘llash rejalashtirilayotganini qo‘shimcha qildi.
“Bu aslida suiqasd qilish, bu amaldagi o‘g‘rilik, o‘zganing mol-mulkini talashmoqda”, - dedi Aksakov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya – dunyo iqtisodiyotining ajralmas qismi. Ehtimoliy sanksiyalar moliyaviy arteriyalarni kesish bo‘ladi.
Deputat YeI va AQShning bunga o‘xshash xatti-harakatlari barcha iqtisodiy organizmga yomon ta’sir ko‘rsatishini qo‘shimcha qildi.
MB ma’lumotlariga ko‘ra, 18-fevral holatiga ko‘ra, Rossiyaning xalqaro zaxiralari tarixiy maksimumni yangilab, 643,2 milliard dollarga yetgan. Oltin ulushi 21,7 foizni tashkil etadi.
Yakshanba kuni Rossiya banki bayonot bilan chiqdi. Unda, jumladan, moliyaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy sektorning uzluksiz operatsiyasini ta’minlash uchun zaruriy zaxira va vositalarga ega ekanligi ta’kidlangan.

Mavzuga oid:

Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar sobiq Ittifoq hududiga qanday ta’sir qiladi?
Yangiliklar lentasi
0