Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Qarishni sekinlashtirish uchun qaysi mahsulotni isteʼmol qilish lozim

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishYabloki
Yabloki  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Amerikalik parhezshunos tongda qahva oʻrnini bosadigan foydali mahsulot tavsiya qildi.
Amerikalik parhezshunos Dana Ellis Xannsning soʻzlariga koʻra, olma yoshlikni uzaytirishga va xuddi qahva kabi tetiklik baxsh etish xususiyatiga ega.
Ortiqcha vazndan xalos boʻlish va qarish jarayonini sekinlashtirish uchun nonushtada qahva ichish odatini olma yeyishga oʻzgartirish kerak, deya shifokorning soʻzlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
“Organizmni olma tarkibidagi tabiiy shakar bilan taʼminlash yaxshi natija beradi”, - deydi parhezshunos.
Taʼkidlanishicha, nonushtada har kuni olma isteʼmol qilish natijasida organizm uygʻonish vaqtni belgilab oladi. Bundan tashqari, qahva oʻrniga olma yeyish metabolizmni tezlashtirish uchun energiyani rahbatlantiradi.
“Olma tarkibida toʻqlik hissini beruvchi kletchatka koʻp. Bundan tashqari, olmada kaloriya kam. Shu bilan birga u mazali meva va tarkibida suv koʻp”, - deydi Xanns.
Olmada ham xuddi kofeinda boʻlgani kabi “tetiklik quvvati” bor. Va olma mevasining kofein keltirib chiqaruvchi hissiy qoʻzgʻalishlar, kayfiyat oʻzgarishi, tashvishlanish, hayajonlanish va kuch ketishi kabi salbiy taʼsirlari yoʻq.

Mavzuga oid:

Qanday moddalar ayollar yoshligini uzoqroq saqlashga yordam beradi?
Bahorda immunitetni qanday mustahkamlash mumkin?
Oshqovoq ayollar va erkaklarga nimasi bilan foydali
Yangiliklar lentasi
0