UzAirways Navro‘z bayrami munosabati bilan chiptalarni 50 foizga arzonlashtiradi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSamolet Boeing 757-231 aviakompanii "Uzbekistan Airways" v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva.
Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2022
Obuna bo‘lish
19-23 mart kunlari mahalliy reyslar uchun chiptalarni 50 foiz arzonga sotib olish mumkin.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” kompaniyasi Navro‘z bayrami munosabati chegirma e’lon qiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
50 foiz chegirma 2022-yil 19-martidan 23-martigacha mahalliy aviaqatnovlarning barcha tariflariga amal qiladi.
Aviakompaniya chiptalarni uzairways.com saytida, “Uzbekistan Airways Sales” filialida va kompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkinligini eslatgan.
O‘zbekistonliklar 2022-yilda Navro‘z bayrami munosabati bilan 5 kungacha dam oladi.
Prezident farmoni bilan barcha xodimlar uchun 22-mart, seshanba va 23-mart, chorshanba kunlari dam olish kuni etib belgilangan.
Haftasiga besh kun ishlaydigan xodimlar uchun:
19 mart, shanba — dam olish kuni;
20 mart, yakshanba — dam olish kuni;
21 mart, dushanba — Navro‘z bayrami, dam olish kuni;
22 mart, seshanba — qo‘shimcha ishlanmaydigan kun;
23 mart, chorshanba — qo‘shimcha ishlanmaydigan kun bo‘ladi.
Haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar esa 19-mart, shanba kunini hisobga olmaganda Navro‘z bayramida 4 kun dam oladi.
Yangiliklar lentasi
0