Iqtisod

Cuvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga subsidiyalar beriladi

© unsplash/Markus Spiskevodosberegayuщiye texnologii v selskom xozyaystve
vodosberegayuщiye texnologii v selskom xozyaystve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun, jumladan, tomchilatib sugʻoriladigan ekin maydonining har bir gektariga maʼlum miqdorda subsidiyalar beriladi.
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2022 yilda 478 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish orqali suvdan foydalanish samaradorligi oshiriladi.
Qarorga muvofiq, 2022 yildan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun, jumladan, tomchilatib sugʻoriladigan ekin maydonining har bir gektariga quyidagi miqdorda subsidiyalar beriladi:
paxta maydonlari uchun – 8 mln soʻm (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi paxta maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sugʻorish tizimlari uchun 12 mln soʻm);
sabzavot ekinlari va kartoshka ekin maydonlari uchun – 1,5 mln soʻm;
poliz ekinlari maydonlari uchun – 1,3 mln soʻm;
ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor oʻsimliklar uchun – 2,5 mln soʻm;
mevali ekinlar uchun – 6 mln soʻm;
uzum maydonlari uchun – 8 mln soʻm.
Subsidiya mablagʻlari, hisob-kitob qilingan summaning 50 foizi tizim joriy qilingan yili ajratiladi, 50 esa foizi kelgusi yili hosildorlik oshishi va uskunalarning ishlatilishiga qarab ajratiladi.
Qoʻshimcha 20 foizi uchinchi yilda joriy qilingan tizimni ishlatgan holda yuqori hosildorlikni saqlab qolgan paxta, gʻalla va meva-sabzavot klasterlariga toʻlab beriladi.
Subsidiya mablagʻlari joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari kamida 5 yil ishlatilishi sharti bilan ajratiladi.
Suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan yer maydonlari kamida 5 yil mobaynida maqbullashtirilmaydi, yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga yerdan foydalanuvchi roziligi asosida sarf etilgan mablagʻlarning oʻrni toʻliq qoplanganidan soʻnggina ruxsat etiladi.
2022 yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash uchun respublika byudjetidan 1 182,4 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.
Qarorga koʻra, “Tomchi-reestr” pudrat korxonalarining yagona elektron reyestri ishlab chiqiladi.
2022 yil 10 martgacha suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish yuzasidan tegishli materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish hamda vakolatli organ va tashkilotlar bilan kelishishning “Agro-subsidiya” yagona axborot tizimi joriy qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0