Jo Bayden ukrainaliklarni eronliklar bilan adashtirib yubordi – video

© Sputnik / StringerPrezident SShA Djo Bayden
Prezident SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2022
Obuna bo‘lish
Amerika yetakchisi tez-tez noqulay vaziyatlarga tushib turadi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden yanglishib Ukraina aholisini eronliklar deb atadi. Siyosatchi 1-mart kuni Kongressdagi chiqishi davomida shunday xatoga yo‘l qo‘ydi.
“Putin Kiyevni tanklar bilan qurshab olishi mumkin, lekin eronliklarning qalb va ko‘ngillarini zabt eta olmaydi”, - dedi Amerika yetakchisi.
Bayden tez-tez noqulay vaziyatga tushib turadi. Masalan, fevral o‘rtasida Afg‘onistonni avval Ukraina, keyin esa Eron bilan adashtirib yuborgan edi. Qolaversa, mamlakat vitse-prezidenti Kamala Harrisni bir necha bor AQSh prezidenti deb atagan.
21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR rahbarlarining ular suverenitetini tan olishni so‘rab qilgan murojaatlariga javoban tegishli farmonlarga imzo chekdi. 24-fevral kuni esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmalarni yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obyektlarni yo‘q qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0