Mirziyoyev BMT Kontrterror boshqarmasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibining o‘rinbosari – Kontrterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkovni qabul qildi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari – Kontrterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkovni qabul qildi. U BMTning Global aksilterror strategiyasi bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasida respublikada bo‘lib turibdi.
Uchrashuv avvalida Vladimir Voronkov O‘zbekiston prezidentiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Ertaga poytaxtda ish boshlaydigan ikki kunlik nufuzli xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi va uning tashkil etilgani uchun alohida minnatdorlik bildirildi.
Mamlakatning BMT institut va tuzilmalari, shu jumladan Kontrterror boshqarmasi bilan amaliy hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari sermahsul hamkorlikning bugungi darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi. Xususan, O‘zbekiston boshqarmaning terrorchilikka qarshi kurashish borasidagi 15 ta loyihasini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining yangilangan Qo‘shma harakat rejasini amalga oshirish va loyihalar sonini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratildi.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan O‘zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi doirasida ko‘p tomonlama tadbirlar o‘tkazish, yoshlarni ekstremizm va terrorizmning salbiy ta’siridan himoya qilish, “qaynoq nuqtalar”dan qaytarilgan shaxslarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish sohasida tajriba almashish hamda kadrlar tayyorlash yo‘nalishida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Mintaqa kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi, afg‘on xalqiga ko‘maklashish va yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va BMT Kontrterror boshqarmasi o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0